Инструкция по эксплуатации LG 50PB660V

Страница 129

Advertising
background image

11

ENG

O

’Z

B

EK

C

H

A

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR

EHtiyOt BO’LinG

Ko’rish muhiti

y

Ko’rish masofasi

- 3D tarkibni ko’rayotganda ekran diagonali uzunligidan kamida ikki barobar ko’p masofani saqlang. 3D

tarkibni ko’rayotganda o’zingizni noqulay his qilsangiz, televizordan yanada uzoqlashing.

y

Ko’rish joylashuvi

- Tog’riga qaragan holda ko’z darajasida ekran markaziga yuzlaning. Aks holda 3D tarkiblarini to’g’ri

ko’rmasligingiz mumkin.

Ko’rish yoshi

y

Go’daklar/Bolalar

- 6 yoshdan kichik bo’lgan bolalar tomonidan 3D mazmundan foydalanish/3D tarkibni ko’rish taqiqlanadi.

- 10 yoshdan kichik bolalarda ortiqcha ta’sirlanish va ortiqcha hayajonlanish sodir bo’lshi mumkin, chunki

ularda ko’rish tizimining rivojlanish bosqichi tugallanmagan bo’ladi (masalan: ekranga tegish yoki uning

ustiga sakrashga bo’lgan urinish). 3D tarkibni ko’rayotgan bolalarni maxsus nazorat qilish va ularga alohida

e’tibor berish talab qilinadi.

- Bolalarda 3D tasvirlarning ko’proq darajadagi binokulyar nomunofiqligi sodir bo’ladi, chunki ularda ko’zlar

orasidagi masofa kattalarnikiga qaraganda qisqaroqdir. Shuning uchun ular kattalarga nisbatan bir xil 3D

tasvirni ko’proq darajada stereoskopik ahamiyat bilan qabul qiladilar.

y

O’smirlar

- Yoshi 19 dan kichikroq bo’lgan o’smirlar 3D mazmundagi yorug’likdan ta’sirlanish tufayli ortiqcha sezgirlikni

namoyish qilishlari mumkin. Ularga charchagan vaqtlarida 3D tarkibni uzoq vaqt davomida ko’rishdan

o’zlarini tiyishlarini maslahat bering.

y

Keksalar

- Keksa yoshdagilar yoshlarga nisbatan kamroq darajadagi 3D effektlarni qabul qilishlari mumkin. Televizorga

tavsiya qilingan masofaga qaraganda yaqinroq o’tirmang.

3D ko’zoynaklaridan foydalanishdagi ehtiyot choralari

y

Albatta LG 3D ko’zoynaklaridan foydalaning. Aks holda 3D videolarni to’g’ri ko’rolmasligingiz mumkin.

y

O’zingizning oddiy ko’zoynaklaringiz, quyosh nurlaridan himoyalovchi ko’zoynaklar yoki himoya ko’zoynaklari

o’rnida 3D ko’zoynaklardan foydalanmang.

y

O’zgartirilgan 3D ko’zoynaklardan foydalanish ko’zlarning toliqishi yoki tasvir buzilishiga olib kelishi mumkin.

y

3D ko’zoynaklaringizni haddan tashqari past yoki yuqori haroratlarda saqlamang. Bu deformatsiyaga olib kelishi

mumkin.

y

3D ko’zoynaklar nozik va osongina tirnaladi. Linzalarni artganda doimo yumshoq, toza lattadan foydalaning. 3D

ko’zoynaklarning linzalarini o’tkir narsalar bilan tirnamang yoki kimyoviy moddalar bilan tozalamang/artmang.

y

Lyuminessent chiroqlar yoki uchta to’lqin uzunligiga ega bo’lgan chiroqlar ostida 3D videolarni ko’rganingizda

ekranning miltillashini his qilishingiz mumkin. Bunday holat sodir bo’lganda chiroqni o’chiring yoki yorqinligini

pasaytiring.

y

Boshqa elektron yoki aloqa qurilmalari o’chirib qo’yilishi yoki televizordan uzoqroqqa qo’yilishi kerak, chunki ular

xalaqitlarni vujudga keltirishi va 3D funksiyasining to’g’ri ishlashiga to’sqinlik qilishi mumkin.

y

Televizorni yotgan holda ko’rganda 3D tasvirlar qoraroq ko’rinshi yoki umuman ko’rinmasligi mumkin.

Advertising