Xavfsizlik texnikasi bo’yicha ko’rsatmalar, Diqqat – Инструкция по эксплуатации LG 50PB660V
Страница 121
3
ENG
O
’Z
B
EK
C
H
A
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
XAVFsiZLiK tEXniKAsi BO’yiCHA KO’rsAtMALAr
Iltimos, mahsulotdan foydalanishdan avval ushbu xavfsizlik ehtiyot choralarini diqqat bilan o’qib chiqing.
DiQQAt
y
Televizor va/yoki masofadan boshqarish pultini quyidagi muhitlarda qoldirmang:
- To’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari tushadigan joyda
- Namlik yuqori bo’lgan joylar, masalan, hammomda
- Issiqlik manbalari, masalan, pechlar va boshqa issiqlik hosil qiluvchi
- qurilmalar yaqinida
- Oshxona pechtaxtalari yoki namlantirgichlar yaqiniga, bu yerda ular
- osongina bug’ yoki moy ta’sirida qolishlari mumkin.
- Yomg’ir yoki shamol mavjud joylarda
- Vaza singari suv idishlari yaqinida
Aks holda bu yong’in, elektr toki urishi, texnik nosozlik yoki mahsulot deformatsiyasiga olib
kelishi mumkin.
y
Mahsulotni changlar ta’siriga uchrashi mumkin bo’lgan joylarga qo’ymang.
Bu yong’in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
y
Elektr tarmog’iga ulash shnuri vilkasi bu televizorni o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulovchi/
tarmog’idan uzuvchi qurilmadir. Televizor foydalanishda bo’lgan vaqtda ushbu vilka
mustahkam ulangan va ishlaydigan holatda bo’lishi kerak.
y
Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo’llaringiz bilan tegmang. Bundan tashqari, agar
kabel kontaktlari ho’l yoki chang bilan qoplangan bo’lsa, vilkani to’liq quriting yoki chan-
glarni artib tashlang.
Ortiqcha namlik tufayli sizni elektr toki urishi mumkin.
y
Elektr tarmog’iga ulash kabelining yerga mahkamlangan mos rozetkaga ulanganligiga
ishonch hosil qiling. (Yerga mahkamlash talab qilinmaydigan qurilmalardan tashqari).
Aks holda sizni elektr toki urishi yoki shikastlanishingiz mumkin.
y
Elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini devordagi rozetkaga to’liq kiriting, aks holda
rozetkaga mustahkam biriktirilmagan hollarda olov uchqunlari chiqishi mumkin.
y
Quvvat manbaiga ulash shnurining isitgich kabi issiq buyumlarga tegib turmaganligiga
ishonch hosil qiling.
Aks holda bu yong’in yoki elektr toki urishi xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
y
Elektr manbaiga ulash kabellarining ustiga og’ir jismlarni yoki mahsulotning o’zini
qo’ymang.
Aks holda bu yong’in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.