Инструкция по эксплуатации LG 84UB980V

Страница 179

Advertising
background image

9

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR

ENG

O

’Z

B

EK

C

H

A

y

Uzoq vaqt davomida ekranga tegib turish yoki barmog’ingiz/barmoqlaringizni uning

ustiga qo’yib turishdan saqlaning. Aks holda bunday qilish ekranning vaqtinchalik yoki

butunlay buzilishiga yoki tasvirlarning noto’g’ri namoyishiga olib kelishi mumkin.

y

Mahsulot yoki uning qismlarini tozalaganda avval uni elektr tarmog’idan uzing va yumshoq

latta bilan arting. Ortiqcha kuch ishlatish tirnalishlarning hosil bo’lishi yoki asl rangining

yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Suv bilan tozalamang yoki ho’l latta bilan artmang. Hech

qachon oyna tozalovchilar, avtomobillar uchun yoki sanoatda qo’llaniladigan yaltiratuvchi-

lar, abraziv materiallar yoki mum, yoqilg’i, spirt kabilardan foydalanmang; bular mahsulot

va uning paneliga zarar yetkazishi mumkin. Aks holda bu yong’in chiqishi, elektr toki uri-

shi yoki mahsulotga zarar yetishi (deformatsiyalanishi, chirishi)ga sabab bo’lishi mumkin.

y

Ushbu qurilma devordagi o’zgaruvchan tok rozetkasiga ulangan holda bo’lar ekan, hattoki siz ushbu qurilmani

YOQISH VA O’CHIRISH MOSLAMASIdan o’chirganingizda ham u quvvat manbaidan uzilmaydi.

y

Kabelni rozetkadan uzishda vilkani ushlang va vilkadan tortgan holda uni rozetkadan

sug’urib oling. Quvvat manbaiga ulash shnurini rozetkadan uzish uchun shnurdan

tortmang, chunki bu xavfli bo’lishi mumkin.

y

Mahsulotni siljitishda avval uning o’chirilganligiga ishonch hosil qiling. Keyin elektr

tarmog’iga ulash kabellari, antenna kabellari va barcha ulovchi kabellarni uzing. Televi-

Televi-

Televi-

zor yoki quvvat manbaiga ulash shnuriga zarar yetishi mumkin, bu esa yong’in chiqishi

xavfini vujudga keltirishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

y

Mahsulotni siljitish yoki qadoq qutisidan bo’shatishda juft bo’lib ishlang, chunki mahsu-

chunki mahsu-

chunki mahsu-

lot og’ir.

Aks holda bu shikastlanishga olib kelishi mumkin.

y

Mahsulotning ichki qismlarini tozalash uchun yiliga bir marta xizmat ko’rsatish bo’limiga

murojaat qiling. Yig’ilgan changlar mexanik nosozliklarga olib kelishi mumkin.

y

Barcha turdagi xizmat uchun malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga murojaat qiling.

Jihoz biror tarzda nosoz holatga kelgan, masalan, elektr tarmog’iga ulash shnuri yoki

vilkasiga zarar yetgan, jihoz ustiga suyuqlik to’kilgan yoki buyumlar tushib ketgan, jihoz

yomg’ir yoki namlikda qolgan, yaxshi ishlamayotgan yoki tushirib yuborilgan hollarda

texnik xizmat ko’rsatish talab qilinadi.

y

Agar mahsulotga tegilganda sovuqdek tuyulsa, u yoqilganda ozgina miltillash bo’lishi

mumkin. Bu tabiiy holdir, mahsulotda hech qanday muammo mavjud emas.

y

Panel ikki milliondan olti milliongacha bo’lgan piksellardan iborat bo’lgan yuqori

texnologiyali displey mahsulotidir. Siz panelda o’lchami 1 ppm bo’lgan kichkina qora

nuqtalarni va/yoki yorqin rangdagi (qizil, ko’k yoki yashil) nuqtalarni ko’rishingiz mumkin.

Bu mahsulotning noto’g’ri ishlayotganligini bildirmaydi va ishlash samaradorligiga va

mahsulot ishonchliligiga ta’sir ko’rsatmaydi. Ushbu hodisa boshqalarning mahsulot-

larida ham sodir bo’lishi mumkin va buning uchun ular almashtirib yoki xarajatlar qoplab

berilmaydi.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: