Инструкция по эксплуатации LG 84UB980V

Страница 178

Advertising
background image

8

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR

ENG

O

’Z

B

EK

C

H

A

y

Masofadan boshqarish pulti va uning sensori orasida to’siqlarning yo’qligiga ishonch

hosil qiling.

y

Tashqi/ichki yoritgichlar, quyosh nurlari, fluoressent yoritgichlar tufayli masofadan

boshqarish pulti siqnaliga qarshi to’siqlar hosil bo’lishi mumkin.

Agar bunday holat sodir bo’lsa, yoritgichni o’chiring yoki ko’rish sohasini

qorong’ilashtiring.

y

Video o’yinlar pristavkasi kabi tashqi qurilmalarni ulaganda bog’lovchi kabellarning yet-

arli darajada uzunligiga ishonch hosil qiling. Aks holda mahsulot tushib ketishi, bu esa,

shaxsiy zarar xavfiga yoki mahsulotga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.

y

Elektr manbaiga ulash shnurini rozetkaga ulash yoki rozetkadan uzish orqali mahsulotni

yoqmang/o’chirmang. (Vilkadan yoqish va o’chirish vositasi sifatida foydalanmang).

Aks holda bu mexanik nosozlikka yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

y

Mahsulotning haddan ziyod qizib ketishining oldini olish uchun quyidagi o’rnatish bo’yicha

ko’rsatmalarga amal qiling.

- Mahsulot va devor orasidagi masofa kamida 10 sm bo’lishi kerak.
- Mahsulotni havo aylanmasi yo’q joylarga (masalan, kitob javoni yoki devoriy

shkafga) o’rnatmang.

- Mahsulotni gilam yoki divan yostig’iga o’rnatmang.
- Havo aylanish tirqishining dasturxon yoki parda bilan to’silib qolmaganligiga

ishonch hosil qiling.

Aks holda bu yong’in chiqishiga olib kelishi mumkin.

y

Uzoq vaqt davomida televizor ko’rish vaqtida havo aylanish tirqishlariga tegib

ketmaslikka e’tibor bering, chunki havo aylanish tirqishlari issiq bo’lishi mumkin. Bu

mahsulotning ishlashi yoki ishlash samaradorligiga ta’sir ko’rsatmaydi.

y

Qurilma shnurini vaqti-vaqti bilan tekshirib boring va agar unda nosozlik yoki eskilik alomatlari paydo bo’lsa,

uni rozetkadan uzing, qurilmadan foydalanishni to’xtating va vakolatli texnik xodim yordamida shnurni xuddi

shunday yangi shnur bilan almashtiring.

y

Vilka kontaktlari yoki rozetkada chang to’planishiga yo’l qo’ymang.

Bu yong’in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

y

Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka qisib qo’yish yoki ustidan yurish

kabi jismoniy yoki mexanik ta’sirlardan himoya qiling. Vilkalar, rozetkalar va qurilmaga

shnur ulangan nuqtalarga alohida e’tibor bering.

y

Panelni qo’l yoki tirnoq, qalam yoki ruchka kabi o’tkir narsalar bilan qattiq bosmang yoki

uning ustini tirnamang, chunki bu ekranga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: