Инструкция по эксплуатации АТЛАНТ МХ 5810

Страница 33

Advertising
background image

33

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

— MK eshigini ochiq qoldirish lozim;

— ilovaga muvofiq erigan suvni olib tashlash (agar No Frost tizimi

bo’lmasa);

— kamerani 4.4 bandga asosan yuvish, quruq qilib artish lozim.

DIQQAT! MKda yoqimsiz hid paydo bo’lishini oldini olish

maqsadida kamerani, komplektdagi jihozlarni, zichlagichni

sinchiklab yuving, qolaversa zichlagichni eshikka yokishib turuvchi

zonalarni ham yuving.

7 M A H U L O T L A R N I S A Q L A S H VA
E R I T I S H B O ’ Y I C H A TAV S I YA L A R
7.1 SOVUTISH KAMERASIDA MAHSULOTLARNI SAQLASH

7.1.1 Mahsulotlar o’zining xushbo’yligi, rangi, suvli va yangiligini saqlab

qolishi uchun ularni uralgan holda yoki zich yopilgan idishda saqlash lozim.

Suyuqliklarni zich yopilgan idishda saqlanishi namlikni oshishi va sovutish

kamerasida begona hid paydo bo’lishini oldini oladi.

7.1.2 O’ralmagan holda idishga solingan meva va sabzavotlar

(yuvilgan meva va sabzavotlarni quritish kerak) saqlanishi mumkin. Bunda

shisha-tokcha (pastgi) sirtida kondensat hosil bo’lishi mumkin.

7.1.3 Sovutish kamerasida asosiy ozuqa mahsulotlarini joylashtirish

va saqlash muddati bo’yicha tavsiyalar 1 jadvalda berilgan.

DIQQAT! O’simlik yog’lari va moylar eshik zichlagichlariga va

sovutgichning plastmas siirtiga tegmasligi kerak, chunki ularning

buzilishiga olib kelishi mumkin.

7.2 MKda MAHSULOTLARNI MUZLATISH VA MUZLATILGAN

MAHSULOTLARNI SAQLASH

7.2.1 Muzlatilayotgan mahsulotlarni ma’qul tarzda sovuq bilan

ta’minlash uchun ularni portsiyalarga bo’lib, paketlarga joylashtirish

maqsadga muvofiqdir. Muzlatish qavati qanchalik yupqa bo’lsa, muzlatish

ham shuncha tez, mahsulot sifati balanda va saqlash muddati uzoq

bo’ladi. Upakovka mahsulotga yopishib turishi va germetik holda yopilishi

kerak.

MKda muzlatilgan ozuqa mahsulotlarini (uy-ro’zg’ordagi) saqlash

muddatlari bo’yicha tavsiyalar 2 jadvalda keltirilgan.

DIQQAT! Muzlatilgan mahsulotlarni ishlab chiqargan tashkilot

tomonidan belgilangan saqlash muddatlariga amal qiling.

7.3 OZUQA MUZINI TAYYORLASH

7.3.1 Muz tayyorlash uchun mo’ljallangan shaklning ¾ qismiga

ichimlik suvi solib, MKning sovutish zonasiga, MX-2822-XX,

MX-2823-XX larda —sovutish bo’limining yon devoriga yaqin joyga

joylashtiring.

7.3.2 Muz kubiklari engil olinishi uchun, shaklning pastgi qismini 5

soniyaga iliq suvga solish, so’ng o’girib bir oz qayirish lozim.

DIQQAT! Muz kubiklarini muz tayyorlov shaklidan olishingiz

bilan og’zingizga solmang va muzlatilgan mahsulotlarga yopishib

muzlab qolmasligi uchun ho’l qo’lingiz bilan tegmang.

7.4 Tavsiya etilmaydi:

— sovutgichga issiq mahsulotlarni joylashtirish. Ularni dastlab xona

haroratigacha sovutish lozim;

— muzlatilgan mahsulotlarni takroran muzlatish.

8 S O V U T G I C H N I N G I S H L A S H X U S U S I YAT L A R I

8.1 Agarda hozirgina yopilgan MK yoki sovutish kamerasi eshigining

ochishning iloji bo’lmasa, 1 daqiqadan 3 daqiqagacha, kameraning

ichidagi bosim tashqaridagi bosim bilan bir xil bo’lishini kutish lozim, keyin

eshikni ochish kerak.

8.2 Sovutgichning ishlashida shovqin kuzatilishi mumkin, bu shovqin

funktsional xarakterga ega bo’lib, hech qanday nuqson bilan bog’liq emas.

Belgilangan haroratni ushlab turish uchun sovutgichda vaqti-vaqti

bilan kompressorlar yonib o’chib turadi. Sovutgichdagi harorat belgilangan

darajaga etishi bilan uning ishlashida kuzatilgan shovqin beixtiyor

pasayadi.

Sovutgichlarning ayrim rusumlarida kompressorlar ishga tushirilgan

paytda chertki tovushi eshitilishi mumkin – haroratning rele-datchigi ishga

tushadi.

Shildiragan tovush xladagentning sovutish tizimlari bo’ylab

aylanishidan darak beradi, sezilarsiz qarsillashlar esa materiallarning

xarorat kengayishi bilan bog’liq.

G’uvillagan tovush No Frost tizimiga ega bo’lgan sovutgichlardagi

ventilyatorning ishlashi bilan bog’liq.

8.3 Sovutgichdan foydalanish jarayonida shovqinning qo’shimcha

manbaalari yuzaga kelishi mumkin.

Shovqinning kuchayishi komplektdagi jihozlarning (shisha-tokcha,

idishlar) noto’g’ri o’rnatilganligi yoki sovutgichga joylashtirilgan mahsulotlar

hamda idishlarning bir-biriga tegishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.

Shovqinni komplektdagi jihozlarni qayta o’rnatish va idishlarning bir-biriga

tegmasligini ta’minlash orqali yo’qotish mumkin.

Sovutgichning elementlari (kondensator, trubkalar, simlar, erigan

suvni to’kish tizimidagi elementlar) agar tashishdan so’ng (ko’chirish yoki

tozalashdan so’ng noto’g’ri o’rnatilish) ular bir-biriga tegib qolgan bo’lsa,

u shovqinni kelitirib chiqaruvchi manbaa bo’lishi mumkin.

Sovutgich elementlarining holatini sozlash yoki to’g’ri o’rnatish yo’li

bilan sovutgich ishidagi qo’shimcha shovqinni yo’qotish mumkin.

8.4 Kondensat hosil bo‘lishini oldini olish uchun sovutgich shkafi

pastki MK eshigining perimetri bo‘yicha yoki MK si yuqorida bo‘lgan

sovutgichlarda ko‘ndalang orayopma zonasi isitiladi (ilovaga qaralsin).

Qizish harorati atrof muhitning harorati, MKda saqlanayotgan

m a h s u l o t l a r i h a j m i , q o l a v e r s a ,

kondensatorning ifloslanganligiga

bog’liqdir.Haroratning sovutgich ish

jarayonida ortib borishi uning buzilganligini

bildirmaydi.

DIQQAT! 9 rasmga muvofiq

sovutgichning orqa devori va

kondensatorini uni dastlab devordan

nariga surib, bir yilda bir martadan

kam bo’lmagan holda changyutgich

y o r d a m i d a t o z a l a b t u r i n g .

Kondensatorda chang paydo bo’lishi

elektrenergiya sarflanishini oshiradi.

8.5 Elektr tarmog’ida kuchlanishning uynashi yuzaga kelganda

sovutgich faqatgina ishlash kuchlanishi tiklanganidan keyingina, bir oz

kechiktirish bilan yoqilishi mumkin.

8.6 Sovutgichda issiqni ushlab turuvchi penopoliuretan materiali

ishlatilgan bo’lib, u sovutgich devorlari kichrayishiga olib kelishi mumkin.

Sovutgich devorlarida penopoliuretanning qisqarishi sababli paydo bo’lgan

notekisliklar sovutgichning ishlashiga ta’sir etmaydi va issiqni saqlab

qolishni yomonlashtirmaydi.

9 S A Q L A S H VA TA S H I S H Q O I D A L A R I

9.1 Upakovkalangan sovutgich nisbatan 80% dan yuqori bo’lmagan

namlikka ega, tabiy havo almashishi mavjud bo’lgan yopiq holdagi xonada

saqlanishi lozim.

9.2 Agar sovutgichdan uzoq vaqt davomida foydalanilmasa, uni

edektr tarmog’idan o’chirish, barcha mahsulotlarni undan chiqarib olish,

MKni eritish, kameralarni tozalash kerak bo’ladi. Tozalab bo’lingandan

so’ng kamerada hid paydo bo’lmasligi uchun sovutgich eshiklari bir oz

ochiq holda bo’lishi kerak.

9.3 Sovutgichni uni ish holatida ko’rinishida (bo’yicha) xohlagan turdagi

yopiq transport vositasi orqali uni qattiq mahkamalb tashish zarur.

Sovutgichni yuklash va uni tushirish ishlarini olib borganda unga zarb

etkazish

TAQIQLANADI.

1 Jadval — Sovutish kamerasida asosiy ozuqa mahsulotlarini

joylashtirish va saqlash muddati bo’yicha tavsiyalar

Mahsulotlar

Saqlash

muddati, sut. Sovutish kamerasida joylashtirish

Hom go’sht, yangi

baliq, farsh

1 dan 2

gacha

Pastgi tokchada (eng sovuq joyda)

Sariyog’, sir (naviga

qarab)

5 dan 7

gacha

Ustunli-tokchalar yoki eshikdagi

idishlarda yoxud o’rtancha tochkada

Sut, qatiq, qaymoq

1 dan 3

gacha

Ustunli-tokchalar yoki jshikdagi

idishlar yoki sovutish kamerasining

o’rtancha tokchalarida

Tuxum

10

Ustunli-tokchalar yoki eshik

panelidagi idishlarda

Sabzavot va mevalar

10 gacha Idishlarda (meva va sabzavotlar

uchun)

2 Jadval — MKda muzlatilgan ozuqa mahsulotlarini

(uy-ro’zg’ordagi) saqlash muddatlari bo’yicha tavsiyalar

Mahsulotlar

Saqlash muddati, oy

Yangi baliq, dengiz mahsulotlari

3 oygacha

Sariyog’, sir (naviga qarab), pishiriq

6 oygacha

Hom go’sht, parranda

9 oygacha

Sabzavot, meva, reza mevalar

12 oygacha

9 Rasm

kondensator

Advertising