Инструкция по эксплуатации АТЛАНТ МХ 5810

Страница 32

Advertising
background image

32

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

8 Rasm

7 Rasm

yuqori tokchada joylashganligini inobatga olish zarur.

5.1.2 Sovutish Kamerasidagi harorat unda saqlanayotgan va unga

yangi ortilgan mahsulotlar hajmi, eshigining tez-tez ochilishi, xonada

sovutgichning o’rnatilgan joyiga va boshqalarga bog’liq.

5.1.3 Sovutish kamerasidagi haroratni faqatgina laboratoriya

sharoitida o’lchash mumkin. Kameradagi havo harorati sovutgichning

ishlash rejimiga bog’liq bo’ladi va mahsulotlar haroratiga qaraganda tez

o’zgaradi.

Sovutish kamerasiga bir stakan suvni 12 soatga qo’yish va o’rtancha

tokchaga xarorat o’lchagich ko’yish orqali undagi haroratni taxminan

o’lchash mumkin. Haroratni o’lchashda sovutish kamerasining eshigini

ochmang.

5.1.4 Sovitish kamerasidagi shisha-javonlarning, (pastgi) shisha-

javondan tashqari balandligi bo’yicha holatini o’zgartirish mumkin:

Orqa yoki old shetini bir oz ko’tarib (tuzilishidan kelib chiqib), shisha-

javonni o’zingizga torting va yangi joyga

o’rnating.

Mebel ichiga o’rnatiladigan

sovutgichlarda shisha-tokchalarni joyini

o’zgartirishda:

— shisha-tokchaning orqa qismini

sal ko’tarib, 6 rasmga muvofiq tokchaning

yon qismidagi yo’nalishli tayanch qismi

chiqmaguncha o’zingizga torting;

— shisha-tokchaning old qismini

tushirayotganda, uni vertikal (bo’yicha)

holatga o’giring;

— yo’nalishlardan ilgichlarni chiqaring

va shisha-tokchadan oling.

Shisha-tokchani yangi joyga qo’yishda uni qarama-karshi ketma-

ketlikda o’rnating.

5.1.5 Sovutish kamerasining shisha tokchalarida kondensat (suv

tomchilari) hosil bo’lishi mumkin. Uning hosil bo’lishi kamerada havo

namligining oshishi evaziga vujudga kelib, unga quyidagilar sabab bo’ladi:

katta hajmdagi sabzavot va mevalarning joylashtirilishi, eshikning tez-

tez yoki uzoq vaqtga ochilishi; sovutish kamerasidagi haroratni oshishi;

1.3 bandga muvofiq foydalanish shartlariga va 7.1 bandga muvofiq

mahsulotlarni saqlash bo’yicha tavsiyalarga amal qilmaslik; erigan suvni

to’kish tizimi tiqilib qolishi (ilovaga qarang). Shisha-tokchadan kondensatni

yo’qotish uchun namni tez tortib oladigan lattadan foydalaniladi.

5.1.6 Eshikdagi ustunli-tokcha va idishlarni (komlektatsiyasiga qarab)

balandligi bo’yicha o’zgartirish mumkin:

— ustunli-tokchadan cheklovchilarni (kichik)(agar bo’lsa) echib

tashlash mumkin. Ustunli-tokchaning yon sirtiga 7 rasmga muvofiq bosish

bilan qotiruvchi elementlarni bir tomondan, keyin ikkinchi tomondan

bo’shatish mumkin. Ustunli-tokchani yangi joyga o’rnatishda qotirish

elementlarini avval bir tomondan eshik panelidagi pazaga qo’yish va

ikkinchi tomondan ustunli-tokchaning yon sirtiga bosish orqali o’rnatish

kerak. Cheklovchini o’rnating (kichik);

— idishni 8 rasmga muvofiq ikki qo’lingiz bilan ko’taring va eshikdagi

qotiruvchi elementlar pazasidan bo’shating. Kerakli joy tanlab, eshik

panelidagi qotirish elementlariga qo’shish bilan o’rnating.

5.2 SOVUTISH KAMERASINI TOZALASH

5.2.1 Sovutish kamerasini tozalashda:

— sovutgichni elektr tarmog’idan uzish kerak;

— sovutish kamerasidan barcha mahsulotlarni chiqarish kerak;

— sovutish kamerasini 4.4 bandga muvofiq yuvish, ququq qilib

artish kerak.

DIQQAT! MKda yoqimsiz hid paydo bo’lishini oldini olish

maqsadida kamerani, komplektdagi jihozlarni, zichlagichni

sinchiklab yuving, qolaversa zichlagichni eshikka yokishib turuvchi

zonalarni ham yuving.

6 S O V U T I S H C H I K A M E R A D A N F O Y D A L A N I S H

6.1 MUZLATILGAN MAHSULOTLARNI SAQLASH

6.1.1 Sovutgich ishga tushirilganda sovutishchi kamera (MK)

“Saqlash” rejimida ishlaydi, bu esa muzlatilgan mahsulotlarni sifatli

saqlanishini ta’minlaydi. Shartli ravishda MK ikki zonaga bo’linadi: birinchi

zona ham muzlatish ham muzlatilgan mahsulotlarni saqlash uchun

ishlatilsa, ikkinchi zona faqatgina muzlatilgan mahsulotlarni saqlashda

foydalaniladi (ilovaga qarang).

6.1.2 MKdagi harorat unda saqlanayotgan va unga yangi ortilgan

mahsulotlar hajmi, eshigining tez-tez ochilishi, xonada sovutgichning

o’rnatilgan joyiga va boshqalarga bog’liq.

DIQQAT! MK (muzlatish kamerasi) tokchasiga joylashtirilgan

mahsulotlar orqa devordagi No Frost tizimining havo kanallarini

to‘sib qo‘ymasligi lozim.

6.2 YANGI (BARRA) MAHSULOTLARNI MUZLATISH

6.2.1 Yangi mahsulotlar MKning “Saqlash” rejimida ishlab turganda

muzlatiladi.

Sovutgichlarning ayrim rusumlarida qo’shimcha – “Muzlatish”

rejimi mavjud bo’lib, katta hamjdagi yangi mahsulotlarni muzlatishga

mo’ljallangan. “Muzlatish” rejimini MKga yangi mahsulotlarni yuklashdan

24 soat oldin ishga tushirilishi lozim. Mahsulotlar yuklangandan so’ng 24

soatdan keyin o’chirilishi kerak.

6.2.2 Muzlatilayotgan yangi mahsulotlarning sifati buzilmasligi va

saqlash muddatini qisqartirib ketmaslishi uchun ular bir sutka davomida

sovutgichning nominal muzlatish quvvatidan oshmasligi kerak.

6.2.3 O‘ralgan yangi mahsulotlarni muzlatish uchun ularni muvofiq

zonadagi savatga joylashtirish kerak (ilovaga qaralsin).

Yangi mahsulotlarni maksimal miqdorda muzlatish uchun savatlarni

(pastkisidan tashqari) olib turib, mahsulotlarni bevosita MK ning

tokchasiga joylashtirish lozim.

DIQQAT! Muzlatilgan mahsulotlarning harorati ko’tarilishi va

ularni saqlash muddatining qisqarib ketishini oldini olish maqsadida

MKga muzlatish uchun qo’yilayotgan yangi mahsulotlarni ilgari

muzlatish uchun solingan boshqa mahsulotlar bilan birgalikda

joylashtirilishiga yo’l qo’ymang.

6.3 MUZLATILGAN MAHSULOTLARNI JOYLASHTIRISH

6.3.1 Elektr uzatishda buzilish bo’lganda, sovutgichning ishdan

chiqishi holatlari va boshqa hollarda MKdagi past haroratni saqlab

turishi uchun muzlatilgan mahsulotlarni iloji boricha bir-biriga yaqin qilib

joylashtirish kerak.

6.3.2 Muzlatilgan mahsulotlarni maksimal miqdorda yuklash uchun

savatlarni (No Frost tizimli sovutgichdagi pastki savatdan tashqari) olib

turib, mahsulotlarni bevosita MK ning tokchasiga joylashtirishga yo‘l

qo‘yiladi.

Sovutgichning texnik xarakteristikalarida ko‘rsatilgan energiya sarfi

mahsulotlarning savatlar olinib turganidagi maksimal yuklanishi sharoitlari

uchun belgilangan.

6.3.3 MKdagi savatchalarga mahsulotlarni joylashtirish va undan

olishda savatchani tayanch nuqtasigacha tortish kerak, zarurat bo’lganda

MKdan savatchani past qismidan olib old tutqichdan ushlab tepaga tortgan

holda olish kerak.

Sovutgich tashqarisida savatchalarni olib yurishda qulaylik uchun

uning yon tomonlarida tutchiqlar mavjud.

DIQQAT! MKda havo aylanishini ta’minlash maqsadida

savatchalarni ohirigacha itaring.

6.4 MKni ERITISH VA YIG’ISHTIRISH

6.4.1 Avtomatik eritish No Frost tizimiga (keyingi o’rinlarda No Frost

tizimi) ega bo’lgan sovutgichlarda (ilovaga qarang) MKni eritish talab

etilmaydi. MKni bir yilda bir marta tozalab turish kerak.

6.4.2 MK yoki muzlatish bo’limida qor qoplami vujudga keladigan, No

Frost tizimiga ega bo’lmagan sovutgichlarni bir yilda ikki martadan kam

bo’lmagan holda har bir eritishdan so’ng tozalash lozim.

Agar pastki MK da qalinligi 3 mm dan katta bo‘lgan (yuqoridagi MK

yoki muzlatish bo‘linmasida – 5 dan 7 mm gacha) qor qoplamasi hosil

bo‘lsa, sovutgichni 6.4.3-bandga muvofiq eritish zarur. Qor qoplamasi

mahsulotlarga sovuq uzatilishiga to‘sqinlik qiladi.

MKni eritishda uning sirtidagi qor qoplamini ko’chirishda plastmas

kurakchadan foydalaniladi (agarda komplektda etkazilgan bo’lsa).

Qor qoplamini ko’chirishda sovutishchi agregatga zarar etishini oldini

olish maqsadida metall buyumlardan foydalanish

TAQIQLANADI.

6.4.3 MKni eritish va tozalashda muhim:

— sovutgichni elektr tarmog’idan o’chirish, shnur vilkasini rozetkadan

chiqarish lozim;

— MKdagi mahsulotlarni undan chiqarib sovutish kamerasi

tokchalariga joylashtirish lozim;

ustunli-tokcha

idish

6 Rasm

tokcha

Advertising