O'rnatish, Elektr ta'minotiga ulash, Bufetni o'rnatish – Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H5787CB
Страница 153
O'zbek - 9
02 o'rnatish
o'rnatish
O'rnatish uchun xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar
Bu pech faqat tasdiqlangan elektrik tomonidan o'rnatlishi mumkin. O'rnatuvchi ushbu qurilmani asosiy elektr
tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha tegishli tartiblarga amal qilgan holda ulash uchun javobgardir.
• Pechni o'rnatishda jonli qismlardan himoyalanganligiga ishonch hosil qiling.
• Ushbu pech ichki qurilgan oshxona bufeti DIN 68930 da ko'rsatib o'tilgan barqarorlik talablariga javob
berishi kerak.
Elektr ta'minotiga ulash
Agar qurilma vilkasi bilan elektr ta'minotiga ulanmasa, xavfsizlik tartiblarini qanoatlantirishi uchun
ko'p qutbli ajratgich (kamida 3 mm kontakt oralig'iga ega bo'lgan) ta'minlanishi kerak. Elektr
tarmog'iga ulash kabeli (H05 RR-F yoki H05 VV-F, min., 2,5 mm²) hattoki pech polda o'zi
ichki qurilgan bufet oldida turgan hollarda ham, pechni ulash uchun yetarli bo'lgan uzunlikka
ega bo'lishi kerak. Pechning orqa tarafidagi ulash qopqog'ini otvyortka bilan oching va elektr
tarmog'i liniyasini tegishli ulash terminallariga ulashdan avval kabel qisqichlari vintlarini bo'shating.
Pech ( )-terminali orqali yerga ulanadi. Sariq va yashil kabel (yerga ulanish) avval ulanishi va
boshqalariga qaraganda uzunroq bo'lishi kerak. Agar pech elektr tarmog'iga vilka bilan ulansa,
pech o'rnatilgandan keyin vilka qo'l yetishi mumkin bo'lgan holatda qolishi kerak. Samsung yerga
ulanmaganlik yoki yaxshi ulamaslikdan kelib chiqadigan baxtsiz hodisalar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
OGOHLANTIRISH: Ulash kabelining o'rnatish vaqtida qisilib qolishiga va pechning issiq qismlariga
tegishiga yo'l qo'ymang.
Bufetni o'rnatish
Ichki qurilgan mebelga ega bo'lgan holda plastik yuzalar va pech uchun yelim mebel ichida 90 °C gacha va qo'shni mebel uchun
75 °C gacha chidaydigan bo'lishi kerak. Issiqdan plastik yuzalar yoki yelimning shikastlanganligi uchun Samsung javobgar bo'lmaydi.
Pech joylashtiriladigan oshxona bufeti asosida ventilyatsiya tirqishi bo'lishi kerak. Ventilyatsiya uchun quyi tokcha va tirgab turuvchi
devor o'rtasida 50 mmli tirqish qoldirilishi kerak. Agar pech tokcha ostiga o'rnatilishi kerak bo'lsa, tokchani o'rnatish ko'rsatmalariga
amal qilinishi kerak.
595
370
560
545
21
595
Maks.50
Min.550
Min.560
Min.50
Min.590 ~ Maks.600
Min.460 x Min.50
Ichki o'rnatiladigan
550
572
Ichki +
Tagiga o'rnatiladigan
595
370
560
545
21
115
595
175
Maks.464
Min.550
Min.560
Min.600
Min.460 x Min.50
Tagiga o'rnatiladigan
Maks.476
550
572
Qurilmani bufet ichiga to'liq surib kiriting va pechni har ikkala tomonidan 2 ta vint bilan mahkam qotiring.
Qurilma va yonidagi bufet o'rtasida kamida 5 mm tirqish qoldirilganligiga ishonch hosil qiling.
O'rnatgandan keyin vinil himoya plyonkasi, tasma, qog'oz va anjomlarni eshikdan va pech ichidan olib tashlang. Pechni mebel ichidan
bo'shatib olishdan avval pechni elektr tarmog'idan uzing va pechning har ikkala yon tomonidagi 2 ta vintni bo'shating.
OGOHLANTIRISH: Ichki qurilgan mebel rasmda ko'rsatilgani kabi havo aylanishi uchun minimal
ventilyatsiya tirqishiga ega bo'lishi kerak.
Bu teshikni taxta bo'lagi bilan yopib qo'ymang, chunki bundan havo almashishi uchun foydalaniladi.
Pechning old tomondan tashqarisi, jumladan dasta modeldan modelga farq qiladi.
Biroq rasmdagi pechning o'lchamlari bir xil.
JIGARRANG
yoki QORA
KO'K yoki
OQ
SARIQ va
YASHIL
Prezio Twin_NV70H5787CB_WT_DG68-00532A-01_UZ.indb 9
2014-07-11 1:57:27