Инструкция по эксплуатации Samsung GE733KR-X
Страница 127
31
O'ZBEKCHA
MIKROTO’LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto’lqinli pechingizda yog’li kirlar va ovqat zarrachalari to’planishining oldini
olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak.
• Pechning ichki va tashqi yuzalari
• Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik
DOIMO eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich
yopilishini nazorat qiling.
Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi sodir bo’lishi
mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatini qisqartish hamda
xavfli holatlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan
tozalang. Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq qilib arting.
2. Ichki yuzalar va rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog’larni sovunli
suvda ho’llangan latta bilan arting. Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq
qilib arting.
3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo’q qilish uchun
limon sharbatiga suv qo’shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo’ying
va o’n daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.
4. Tarelkani zaruratga qarab idish yuvadigan mashinada yuvish ham
mumkin.
Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga YO’L QO’YMANG. HECH
QACHON abraziv materiallar va kimyoviy erituvchi moddalardan
foydalanmang. Eshik zichlagichlarini tozalashda ovqat zarrachalari:
• ularda to’planib qolmasligiga;
• eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e’tibor
qarating.
Har bir foydalanishdan keyin pech ichini yumshoq yuvish vositasi
eritmasidan foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning oldini olish
uchun avval pechning sovushini kuting.
MIKROTO’LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA’MIRLASH
Mikroto’lqinli pechni o’rnatishda va unga xizmat ko’rsatishda bir nechta oddiy
ehtiyot choralari ko’rilishi lozim.
Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari shikastlangan bo’lsa, uni ishlatish
mumkin emas.
• Halqalari singan bo’lsa
• Zichlagich yemirilgan bo’lsa
• Korpus deformatsiyalangan yoki bukilgan bo’lsa
Pechni ta’mirlash ishlari faqat mikroto’lqinli pechlar bo’yicha malakali mutaxassis
tomonidan bajarilishi kerak.
Pechning tashqi qoplamasini YECHIB OLMANG. Agar pech
nosoz bo’lsa va uni ta’mirlash talab qilinsa, yoki sizni uning holati
shubhalantirsa, quyidagi harakatlarni bajaring.
• Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo’ying
• Yaqinda joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling
Agar pechingizni vaqtinchalik saqlashga olib qo’ymoqchi bo’lsangiz,
unda quruq va changsiz joyni tanlang.
Sababi: Chang va namlik pechning ishchi qismlariga zararli ta’sir
ko’rsatishi mumkin.
Ushbu pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo’ljallanmagan.
GE731KR_BWT_DE68-04050N-03_UZ.indd 31
2013-11-28 �� 7:08:40