Инструкция по эксплуатации Samsung GE733KR-X
Страница 117
21
O'ZBEKCHA
GRIL REJIMIDA TAYYORLASH
Gril mikroto’lqinlardan foydalanmagan holda taomlarni tez isitish va qovurishga
imkon beradi. Ushbu rejimda tayyorlashning qulay bo’lishi uchun pech
majmuasiga gril panjarasi ham kiradi.
1. Гриль (Gril) tugmachasini bosgan, 10 мин
(10 daq), 1 мин (1 daq) va 10 сек (10 son) vaqtni
tanlagan va СТАРТ (START)
tugmachasini
bosgan holda grilni avvaldan talab qilingan
haroratgacha qizdirib oling.
2. Eshikchani oching va mahsulotlarni panjaraga
qo’ying.
3. Mahsulotlar qo'yilgan panjarani pechga joylashtiring.
Гриль (Gril) tugmasini bosing. 10 мин (10 daq),
1 мин (1 daq) va 10 сек (10 son) tugmachalarini
bosgan holda tayyorlash vaqtini bering.
(Gril rejimida tayyorlashning maksimal vaqti 60 daqiqa.)
4. СТАРТ (START)
tugmachasini bosing.
Natija:
Pechda chiroq yonadi va patnis aylana
boshlaydi.
1) Taom tayyorlanishi boshlanadi,
tayyorlash jarayoni yakunlanganida,
to’rt marta tovushli signal beriladi.
2) Ovqat tayyorlash jarayoni
yakunlanganini eslatuvchi tovushli
signal 3 marta (bir daqiqa interval
bilan) beriladi.
3) Keyin displey yana joriy vaqtni
ko’rsatadi.
Tayyorlash jarayonida qizdirish elementi o’chsa va yana yonsa, xavotir
olmang. Ushbu tizimning tuzilishi ortiqcha qizib ketishning oldini oladi.
Pechdagi idishlar kuchli darajada qiziydi, shuning uchun ularga
tekkanda DOIMO oshxona qo'lqoplaridan foydalaning.
BIRGALIKDAGI REJIM: MIKROTO'LQIN VA GRIL
Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto’lqinlar va grildan
birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.
DOIMO mikroto’lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin
bo’lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop
hisoblanadi, chunki ular mikroto’lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.
Pechdagi idishlar kuchli darajada qiziydi, shuning uchun ularga tekkanda DOIMO
oshxona qo'lqoplaridan foydalaning.
1. Boshqaruv panelining quyi chap burchagidagi katta
tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching. Taomni
panjaraga, panjarani esa — aylanuvchi patnisga joylashtiring.
Eshikchani yoping.
2. Комбинированный (Birgalikda foydalanish) tugmachasini
bosing.
Natija:
displeyda quyidagi ma'lumorlar namoyish
qilinadi:
Комбинированный режим (Birgalikdagi rejim)
(Mikroto'lqin va gril rejimi)
600 Vt
(chiqish quvvati)
Chiquvchi quvvatning tegishli qiymati namoyish qilinmagunicha Комбинированный
(Birgalikda foydalanish rejimi) tugmachasini bosgan holda tegishli quvvat
darajasini tanlang.
Gril haroratini o'zgartirib bo'lmaydi.
3. 10 мин (10 daq), 1 мин (1 daq) va 10 сек (10 son)
tugmachalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini bering.
Tayyorlashning eng ko’p darajadagi vaqti 60 daqiqa.
4. СТАРТ (START)
tugmachasini bosing.
Natija:
Birgalikdagi rejimda tayyorlash boshlanadi.
Tayyorlash yakunlangandan keyin:
1) To’rt marta tovushli signalni eshitasiz.
2) Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini
eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir
daqiqa interval bilan) beriladi.
3) Keyin displey yana joriy vaqtni ko’rsatadi.
Mikroto’lqinlar va grildan birgalikda foydalanish rejimidagi eng yuqori quvvat darajasi
600 Vt.
GE731KR_BWT_DE68-04050N-03_UZ.indd 21
2013-11-28 �� 7:08:37