Инструкция по эксплуатации Samsung GE733KR-X
Страница 126
30
O'ZBEKCHA
MAXSUS MASLAHATLAR
SARIYOG’NI ERITISH
50 g sariyog’ni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Plastmassa qopqoq bilan
yoping. Yog’ erigunicha 750 Vt quvvatda 30-40 soniya qizdiring.
SHOKOLADNI ERITISH
100 g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Shokolad erigunicha 450
Vt quvvatda 3-5 daqiqa qizdiring. Eritish vaqtida bir yoki ikki marta aralashtiring. Oshxona
qo’lqoplaridan foydalangan holda oling!
SHAKAR BOSILGAN ASALNI ERITISH
20 g shakar bosilgan asalni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Asal erigunicha
300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
JELATINNI ERITISH
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvda iviting. Suvni to'kib tashlang va
jelatinni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring. 300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring.
Jelatinni u eriganidan keyin aralashtiring.
QIYOM TAYYORLASH (PISHIRIQLAR VA PIROGLAR UCHUN)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 g sovuq suv bilan
aralashtiring. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof
rangga kirgunicha 750 Vt quvvatdan foydalanib, 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang.
Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
JEM TAYYORLASH
600 g mevani (masalan, reza mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan
qopqoqli kosaga joylashtiring. Konservalash uchun 300 g shakar qo’shing va yaxshilab
aralashtiring. Qopqoqni yopgan holda 750 Vt quvvatda 10-12 daqiqa tayyorlang. Tayyorlash
vaqtida bir necha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo’ljallangan kichkina
bankachalarga soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog’ini pastga qilgan holda qo’ying.
PUDING TAYYORLASH
Puding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi
ko'rsatmalariga amal qilgan holda qo’shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa
chidamli shishadan qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan holda 750 Vt quvvatda
6,5 daqiqadan 7,5 daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida bir necha marta yaxshilab
aralashtiring.
BODOMNI QIZARTIRISH
30 g to’rg’algan bodomni o’rtacha o’lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying.
600 Vt quvvatda 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang, tayyorlash vaqtida bir necha
marta aralashtiring. Bodomni pechda 2-3 daqiqa qoldiring. Oshxona qo’lqoplaridan
foydalangan holda oling!
Yangi
mahsulotlar
Porsiya
Isitish vaqti
(daq.)
Tayyorlash
rejimi
1
tomon uchun
sarf. vaqt
(daq.)
2
tomon uchun
sarf. vaqt
(daq.)
Pishirilgan
kartoshka
500 g
3
450 Vт + Gril
10-12
-
Ko'rsatmalar
Kartoshka donalarini ikkiga bo’ling va kesilgan tomonlarini grilga qaratgan holda
panjaraga aylana shaklda joylashtiring. Kesilgan tomonini zaytun moyida yog’lang va
ziravorlar seping. Tayyorlashdan keyin 3 daqiqa kuting.
Muzlatilgan
makaron
mahsulotlari
(pasta)
400 g
-
600 Vт + Gril
16-18
-
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan makaron mahsulotlarini (-18 ˚C), masalan, lazanya yoki tortelinini o’lchami
bo’yicha mos bo’lgan issiqqa chidamli shishadan yasalgan tekis idishga joylashtiring
va panjaraga qo’ying.
Muzlatilgan baliq
grateni
400 g
-
450 Vт + Gril
20-22
-
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan baliq gratenini (-18 ˚C) o’lchami bo’yicha mos bo’lgan issiqqa chidamli
shishadan yasalgan tekis idishga joylashtiring va panjaraga qo’ying.
Muzlatilgan
pitstsa bo’laklari
250 g
(8 dona)
-
300 Vт + Gril
10-12
-
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan pitstsa bo’laklarini (-18 ˚C) yoki mini-kishini panjaraga aylana shaklida
joylashtiring.
Sepmali
(shtreyzel bilan)
muzlatilgan
pishiriq
200-250 g
(1-2 dona)
-
300 Vт + Gril
4-6
-
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan pishiriq bo'laklarini (-18 ˚C) panjaraga joylashtiring. Muzdan tushirgandan
keyin 5 daqiqa kuting.
GE731KR_BWT_DE68-04050N-03_UZ.indd 30
2013-11-28 �� 7:08:40