Инструкция по эксплуатации Samsung GE83DTR-1
Страница 155
O'zbekcha-35
05
TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
GRIL
Grilning qizdiruvchi elementlari pech ichki kamerasining shipi ostida joylashgan. Ular faqat
pech eshikchasi yopilgan, patnis esa aylanayotgandagina ishlaydi. Patnisning aylanishi
taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi. Agar gril avvaldan 3-4 daqiqa qizdirib olinsa,
tayyorlanayotgan taom tezroq qizaradi.
Gril rejimi uchun oxshona anjomlari:
Tarkibida metall mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan
issiqqa chidamli idishdan foydalanish kerak. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u
erib ketishi mumkin.
Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:
Ezilgan go'shtlar, sardelkalar,
bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo'laklari va son go'shtlari, baliqning yupqa bo'laklari,
sendvichlar va tostlardagi gazaklarning barcha turlari.
Muhim izoh:
Agar faqat gril rejimidan foydalanilsa, grilning qizdiruvchi elementi orqa
devorda vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida gorizontal holatda
turganligiga ishonch hosil qiling. Agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa,
mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish kerakligini yodda tuting.
MIKROTO'LQIN + GRIL
Bu rejim o'zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto'lqinlar bilan ta'minlanuvchi tayyorlash
tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis aylanayotgan vaqtdagina
ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi. Pechning bu
modelida tayyorlashning 3 xil birlashgan rejimi mavjud:
600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va
300 Vt + Gril.
Mikroto'lqin + gril rejimi uchun oxshona anjomlari:
Mikroto'lqinlarni o'tkazuvchi
oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa chidamli bo'lishi kerak.
Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo'lgan oshxona anjomlaridan foydalanmang.
Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Mikroto'lqin + gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:
Birlashgan
rejimda tayyorlash mumkin bo'lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak bo'lgan
(masalan, pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun ozgina
tayyorlash vaqti talab qilinadigan mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan yana tepasida
tillarang qarsillovchi qatlam hosil bo'lsa, mazaliroq bo'ladigan taomlarning (masalan,
tovuq bo'laklari, ular tayyorlash vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'dariladi) qalin porsiyalarini
tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin. Ko'proq ma'lumotlar olish uchun grildan
foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh:
Bigalikdagi (mikroto'lqin + gril) rejimidan foydalanganda grilning qizdiruvchi
elementi orqa devorda vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida
gorizontal holatda turganligiga ishonch hosil qiling. Agar ko'rsatmalarda boshqacha
ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish mumikin. Boshqa hollarda
uni bevosita aylanuvchi patnisga joylashtirish kerak. Quyidagi jadvaldagi ko'rsatmalarga
qarang. Agar mahsulotni har ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish
kerak.
Muzlatilgan taomlar uchun grildan foydalanib tayyorlash bo'yicha qo'llanma
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan grildan foydalanib
tayyorlash uchun qo'llanma sifatida foydalaning.
Yangi
mahsulotlar
Porsiya
Quvvat
1-tomon uchun
sarf. vaqti (daq.)
2-tomon uchun
sarf. vaqti (daq.)
Tost bo'laklari
(har biri taxminan
50 g)
2 dona
-
300 Vt + Gril (1-1½)
Faqat gril (1-2)
4 dona
-
300 Vt + Gril (2-2½)
Faqat gril (1-2)
< Ko'rsatmalar >
Bulochkalarni aylana shaklida panjara ustiga qo'ying. Bulochkalarning
ikkinchi tomonini o'zingiz xohlagan darajada qotirgan holda grilda
tayyorlang. 2-5 daqiqa kuting.
Bagetlar +
Topping (pomidor,
pishloq, vetchina,
qo'ziqorin)
250-300 g
(2 dona)
450 Vt + Gril
8-9
-
< Ko'rsatmalar >
2 ta muzlatilgan bagetni panjaraga yonma-yon qo'ying. Grilda
tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.
Singdirib
pishirilgan taom
(sabzavotlar yoki
kartoshka)
400 g
450 Vt + Gril
13-14
-
< Ko'rsatmalar >
Muzlatilgan taomni kichkina, dumaloq issiqqa chidamli shishadan
qilingan idishga joylashtiring. Idishni gril uchun taglikka qo'ying.
Tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.
Makaron
mahsulotlari
(kannelloni,
makaronlar,
lazanya)
400 g
-
600 Vt + Gril (14-15)
Faqat gril (2-3)
< Ko'rsatmalar >
Muzlatilgan makaron mahsulotlarini kichkina to'rtburchak issiqqa
chidamli shishadan qilingan idishga joylashtiring. Idishni to'g'ridan-to'g'ri
aylanuvchi patnisga qo'ying. Tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.
Tovuq go'shti
bo'laklari
250 g
450 Vt + Gril
5-5½
3-3½
< Ko'rsatmalar >
Tovush go'shti bo'laklarini panjaraga joylashtiring. Tayyorlash vaqtining
yarmi o'tgandan keyin ag'daring.
GE83DTR-1W,GE83DTR-1_BWT_DE68-04111C-01_UZ.indd 35
2013-11-28 �� 4:05:48