Инструкция по эксплуатации Samsung GE83DTR-1
Страница 145
O'zbekcha-25
03
PECHDAN FOYDALANISH
QIZARTIRUVCHI IDISH FUNKSIYASIDAN FOYDALANISH
Ushbu qizartiruvchi idish nafaqat gril bilan taomning ustini qizartirishga imkon beradi,
balki qizartiruvchi idishning yuqori harorati tufayli taomning tag qismi ham qarsildoq
va qizargan holda bo'ladi. Qizartiruvchi idishda tayyorlash mumkin bo'lgan bir necha
taomlar jadvalda keltirilgan (yon tomondagi sahifaga qarang). Qizartiruvchi idishdan
yana bekon, tuxumlar, sosiskalar kabilarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin.
1. Qizartiruvchi idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi patnis
ustiga joylashtiring va jadvaldagi vaqtlar va ko'rsatmalarga
amal qilgan holda uni Mikroto'lqin-Gril rejimlaridan
birgalikda foydalanishning eng yuqori quvvati
[600 Vt + Gril (
)] bilan avvaldan isitib oling.
Qizartiruvchi idishni olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning, chunki u juda
issiq bo'ladi.
2. Agar siz bekon va tuxum singari taomlarni tayyorlayotgan bo'lsangiz, taom
yaxshi qizarishi uchun qizartiruvchi idishni yog'lang.
Shuni yodda tutingki, qizartiruvchi idish oson tirnaluvchi teflon qatlamiga ega.
Qizartiruvchi idish ustida taomni kesish uchun pichoq kabi o'tkir buyumlardan
foydalanmang.
Qizartiruvchi idish yuzasida tirnalishlar hosil bo'lishning oldini olish uchun plastik
jihozlardan foydalaning yoki kesishdan oldin taomni qizartiruvchi idishdan oling.
3. Taomni qizartiruvchi idishga joylashtiring.
Qizartiruvchi idishga issiqqa chidamsiz bo'lgan
buyumlarni, masalan plastik idishlarni joylashtirmang.
Qizartiruvchi idishni hech qachon aylanuvchi patnisga ega
bo'lmagan pechga joylashtirmang.
4. Qizartiruvchi idishni mikroto'lqinli pechdagi metal panjaraga
(yoki aylanuvchi patnisga) joylashtiring.
5. Tegishli tayyorlash vaqti va quvvat darajasini tanlang.
(Yon tomondagi jadvalga qarang)
Qizartiruvchi idishni tozalash
Qizartiruvchi idishni iliq suv va yuvish vositasi bilan tozalang va toza suv bilan
chaying. Qattiq chyotka yoki dag'al gubkadan foydalanmang, ular yuqori
qatlamni shikastlab qo'yishi mumkin.
Iltimos, yodda tuting
Qizartiruvchi idishni idish yuvish mashinasida yuvib bo'lmaydi.
TAOMNI QO'LDA QIZARTIRISH DASTURLARIDAN
FOYDALANISH
Qizartirish uchun idishni bevosita aylanuvchi patnisda qizdirish tavsiya qilinadi.
Qizartirish uchun taomni 600 Vt + Gril (
) funksiyasi yordamida 3-5
daqiqa qizdiring. Jadvaldagi vaqt ko'rsatmalari va yo'riqnomalariga amal qiling.
Taom
Porsiya
Quvvat
Dastlabki isitish vaqti
(daq.)
Tayyorlash vaqti
(daq.)
Bekon
4 bo'lak (80 g)
600 Vt + Gril
3
3½-4
< Tavsiyalar >
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Bo'laklarni qizartiruvchi idishga bir
qator qilib qo'ying. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying.
Tomat-gril
200 g (2 dona)
450 Vt + Gril
3
4½-5
< Tavsiyalar >
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Pomidorlarni teng ikkiga bo'ling.
Ularning ustiga pishloq qo'ying. Pomidorlarni idishga aylana shaklida
joylashtiring. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying.
Burger
(muzlatilgan)
2 dona (125 g)
600 Vt + Gril
3
7-7½
< Tavsiyalar >
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Muzlatilgan burgerni idishga aylana
shaklida joylashtiring. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying. 4-5
daqiqadan keyin ag'daring.
Bagetlar
(muzlatilgan)
200-250 g
(2 dona)
450 Vt + Gril
4
8-9
< Tavsiyalar >
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Bitta bagetni markazga, ikkita
bagetni idishga yonma-yon holda qo'ying. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka
qo'ying.
GE83DTR-1W,GE83DTR-1_BWT_DE68-04111C-01_UZ.indd 25
2013-11-28 �� 4:05:45