Инструкция по эксплуатации Samsung GE83DTR-1
Страница 142
O'zbekcha-22
Kod
Taom
Porsiya hajmi
Masalliqlar
11 Muzlatilgan
pitstsa
370 g
Muzlatilgan pitstsa – 350 g
< Tavsiyalar >
Muzlatilgan pitstsani mumlangan qog'oz bilan qoplangan gril uchun taglikka
joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.
4. ПРАЗДНИК (BAYRAM TAOMLARI)
Kod
Taom
Porsiya hajmi
Masalliqlar
1
Go'sht bilan
qiymalangan
bulg'or
qalampiri
480-500 g
(2 dona)
(1) Bulg'or qalampiri - 2 dona (80 g/dona), go'sht
qiymasi (mol yoki cho'chqa go'shti) -
150-190 g (ikki qismga bo'ling), oddiy
qaynatilgan guruch - 10-20 g, tuz - 5 g,
yanchilgan murch - 0,5 g, mol go'shtidan
tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan
bulon kubikchasi - 200 ml
(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g, tomat
pastasi - 10 g, suv - 50 ml
< Tavsiyalar >
Guruchni go'sht qiymasiga qo'shing. Ziravorlarni qo'shing va qo'lda aralashtiring.
Qalampirning o'zagi va urug'larini olib tashlang. Qalampirni go'sht bilan to'ldiring. Uni
ichi chuqur jomga joylashtiring va bulon qo'shing (1). Tayyorlashni boshlang. Sous
uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (2). Pech tovushli signal berganida aralashmani
qiymalangan qalampirli bulonga quying. Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini
davom ettiring.
Kod
Taom
Porsiya hajmi
Masalliqlar
2
Baliqli
rasstegay
75 g (1 dona)
(1) Muzlatilgan qatlamlangan xamir (2 ta
to'rtburchak shakl) - 1/4 kvadrat
(2) Masalliq: Mayda kubikchalarga to'rg'algan
sudak biqin go'shti - 25 g, kubikchalarga
to'rg'algan shampinonlar - 6 g, oddiy
qaynatilgan guruch - 4 g, yog'lash uchun
tuxum sarig'i - 1/4 dona
< Tavsiyalar >
Xamirni muzdan tushiring. Xamirning bir qismini kerakli o'lchamlarda kesing (1).
Masalliq uchun barcha tarkibiy qismlarni aralashtiring (2). Masalliqni bir bo'lak xamir
markaziga qo'ying. Mahsulotga qayiq shaklini bering. Tuxum sarig'i bilan yog'lang.
Tarelkaga joylashtiring. Tarelkani gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
Pech tovushli signal berganida mahsulotni tarelkadan oling va mumlangan qog'ozga
qo'ying. Mumlangan qog'oz bilan birga mahsulotni gril uchun taglikka joylashtiring.
Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
3
Pishloqli
suxarilar
125 g (5 dona) Pishloq - 125 g (4-5 dona, har biri 25 g), tuxum -
0,5 dona, bulash uchun suxari uni - 3-5 g
< Tavsiyalar >
Pishloqni 5 sm x 5 sm o'lchamlardagi to'rtburchak shaklidagi bo'laklarga kesing.
Ularni tuxum sarig'iga botirib oling va ustidan maydalangan suxari seping. Avval pech
grilini 5 daqiqa qizdirib oling. Pishloqni mumlangan qog'ozga joylashtiring. Keyin uni
gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
4
Tovuqdan
tayyorlangan
kabob
280 g
Tovuq okorochkalari go'shti - 380 g, tomat pastasi
- 20 g, tuz - 5 g, mayda to'rg'algan sarimsoqpiyoz
- 3 g, o'simlik yog'i - 7 g, oddiy yogurt - 70 g,
sixlar
< Tavsiyalar >
Go'shtni 3 sm x 3 sm o'lchamlardagi kubiklar shaklida to'rg'ang. Marinad uchun
barcha masalliqlarni aralashtiring. Marinadni tovuq go'shti bilan aralashtiring. Keyin
go'shtlarni sixlarga joylashtiring. Ularni tarelkaga soling va keyin gril uchun taglikka
joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.
GE83DTR-1W,GE83DTR-1_BWT_DE68-04111C-01_UZ.indd 22
2013-11-28 �� 4:05:43