Инструкция по эксплуатации Samsung ME712AR

Страница 86

Advertising
background image

20

O'ZBEKCHA

MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH

Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat zarrachalari to'planishining

oldini olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:

• Pechning ichki va tashqi yuzalari
• Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik

DOIMO eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich

yopilishini nazorat qiling.

Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi

mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir

ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan

tozalang. Yuvib tashlang va arting.

2. Ichki yuzalari yoki rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog'larni sovunli

suvda ho'llangan latta bilan arting. Yuvib tashlang va arting.

3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish uchun

limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying

va o'n daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.

4. Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.

Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga yo'l qo'ymang. HECH

QACHON abraziv mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan

foydalanmang. Zarrachalarning qolmaganligiga ishonch hosil qilish

uchun eshik zichlagichlarini tozalaganda alohida e'tibor bering:
• ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga
• eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e'tibor

qarating

Ichki kamerani pechdan har bir foydalanishdan keyin yumshoq yuvish

vositasi eritmasidan foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning oldini

olish uchun avval pech ichki kamerasi devorlarining sovushini kuting.

MIKROTO'LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA'MIRLASH

Mikroto'lqinli pechni o'rnatishda va unga xizmat ko'rsatishda bir nechta

oddiy ehtiyot choralari ko'rilishi lozim.

Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari shikastlangan bo'lsa, uni

ishlatish mumkin emas:

• Xalqalari singan bo'lsa
• Zichlagich yemirilgan bo'lsa
• Pech qoplamasi deformatsiyalangan yoki bukilgan bo'lsa

Pechni ta'mirlash ishlari faqat mikroto'lqinli pechlar bo'yicha malakali

mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.

HECH QACHON pechning tashqi qoplamasini yechib olmang. Agar

pech nosoz bo'lsa va ta'mirlash talab etilsa, yoki sizni uning holati

shubhalantirsa:
• Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo'ying

• Yaqinda joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling
Agar pechingizni vaqtinchalik saqlashga olib qo'ymoqchi bo'lsangiz,

unda quruq va changsiz joyni tanlang.

Sababi : Chang va namlik pechning ishchi qismlariga zararli ta'sir

ko'rsatishi mumkin.

Ushbu mikroto'lqinli pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun

mo'ljallanmagan.

GE712AR_BWT_DE68-04050M-03_UZ.indd 20

2013-11-28 �� 7:45:15

Advertising