Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma – Инструкция по эксплуатации Samsung ME712AR

Страница 78

Advertising
background image

12

O'ZBEKCHA

IDISHLARNI TANLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

Mikroto'lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto'lqinlar taom ichiga kirishlari

va foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak. Shuning

uchun idishlarni tanlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Agar idishda mikroto'lqinli

pechlarda foydalanish mumkinligi ko'rsatib qo'yilgan bo'lsa, undan foydalanish

mumkin. Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari keltirilgan va ularning mikroto'lqinli

pechda foydalanish mumkinligi va qay tarzda foydalanilishi kerakligi ko'rsatilgan.

Oshxona anjomlari

Mikroto'lqinli

pechda

foydalanish

uchun xavfsiz

Izohlar

Alyuminiy folga

✓ ✗

Taomning ba'zi joylarini kuyib ketishdan himoya

qilish uchun oz miqdorda ishlatilishi mumkin.

Agar folga pech devoriga juda yaqin joylashgan

bo'lsa yoki folga juda ko'p miqdorda

ishlatilayotgan bo'lsa, elektr yoyi hosil bo'lishi

mumkin.

Qizartirish uchun idish

Oldindan 8 daqiqadan ko'p qizdirmang.

Chinni va sopol buyumlar

Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan

keramika va Xitoy chinnisi, agar ularda metall

bezak bo'lmasa, mos keladi.

Bir martalik plastik

tog'orachalar

Ba'zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday

tog'orachalarga solinib o'raladi.

Tez tayyorlanadigan

mahsulotlar o'rami
• Polistirol stakanchalar va

konteynerlar

Taomni isitish uchun foydalanish mumkin.

Polistirolning qizib ketishi erishga olib kelishi

mumkin.

• Qog'oz paketlar yoki

gazetalar

Yonib ketishi mumkin.

• Ikkilamchi xomashyodan

tayyorlangan qog'oz yoki

metall bezak

Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.

Shisha idish
• Toblangan shishadan

tayyorlangan idish

Metall bezagi bo'lmasa, ishlatish mumkin.

• Yupqa shisha idish

Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish

mumkin. Yupqa shisha keskin qizgan paytda

sinishi yoki yorilishi mumkin.

Oshxona anjomlari

Mikroto'lqinli

pechda

foydalanish

uchun xavfsiz

Izohlar

• Shisha bankalar

Qopqog'ini olib qo'yish kerak. Faqat isitish

uchun yaroqli.

Metall
• Idishlar

Elektr yoyini yoki alangalanishni keltirib

chiqarishi mumkin.

• Paketlarni bog'lash uchun

buralgan simlar

Qog'oz
• Tarelkalar, stakanchalar,

salfetkalar va oshxona

qog'ozi

Qisqa vaqtda tayyorlash va isitish uchun.

Shuningdek, ortiqcha namlikni yutish uchun

yaroqli.

• Ikkilamchi xomashyodan

qayta ishlangan qog'oz

Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.

Plastik
• Konteynerlar

Ayniqsa, agar bu issiqlikka chidamli

termoplastik bo'lsa. Boshqa ayrim plastiklar

yuqori harorat ta'sirida qiyshayib qolishi,

rangini yo'qotishi mumkin. Melaminli plastikdan

foydalanmang.

• Qoplovchi plyonka

Namlikni ushlab turish uchun qo'llanilishi

mumkin. Taomga tegmasligi kerak. Plyonkani

olayotganda ehtiyot bo'ling, chunki tashqariga

issiq bug' chiqadi.

• Muzlatish uchun paketlar

✓ ✗

Ularni qaynatish mumkin bo'lsa yoki ular

pechda ishlatish uchun yaroqli bo'lsa. Germetik

yopilgan bo'lmasligi kerak. Zarurat tug'ilganida,

ularni vilka bilan teshing.

Parafinlangan yoki yog'

o'tkazmaydigan qog'oz

Namlikni ushlab turish va sachrashning oldini

olish uchun ishlatilishi mumkin.

: Tavsiya etiladi

✓✗

: Ehtiyotkorlik bilan foydalaning

: Foydalanish xavfsiz emas

GE712AR_BWT_DE68-04050M-03_UZ.indd 12

2013-11-28 �� 7:45:14

Advertising