Инструкция по эксплуатации Samsung ME712AR

Страница 83

Advertising
background image

17

O'ZBEKCHA

MUZDAN TUSHIRISH

Mikroto'lqinli pechdan foydalanish mahsulotlarni muzdan tushirishning ajoyib

usuli hisoblanadi. Mikroto'lqinlar mahsulotlarni qisqa vaqt ichida ehtiyotlik

bilan muzdan tushiradi. Bu siznikiga kutilmagan mehmonlar kelgan vaqtda

ayniqsa juda foydali bo'lishi mumkin.
Muzlatilgan tovuq go'shti taom tayyorlashdan avval to'liq muzdan tushirilishi

kerak. Qadoqdan metall simlarni oling va muzdan tushirish jarayonida hosil

bo'luvchi suvning oqib ketishini ta'minlash uchun muzdan tushirishdan avval

tovuqni qadoqdan chiqarib oling.
Muzdan tushirilgan mahsulotlarni ustini yopmagan holda idishga soling.

Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tgandan keyin ularni ag'daring, eritish

vaqtida suyuqlik hosil bo'lgan bo'lsa, to'king va imkoni boricha ichak-

chovoqlarini chiqarib tashlang.
Ularning iliq bo'lmaganligiga ishonch hosil qilish uchun mahsulotlarni vaqti-

vaqti bilan tekshirib turing.
Agar mahsulotning kichik va oriq qismlari qizib keta boshlasa, ushbu

qismlarni muzdan tushirish vaqtida kichik tekis alyumin folgalarga o'ragan

holda ularni to'sib qo'yish mumkin.
Agar tovuqning tashqi yuzasi qizib keta boshlasa, muzdan tushirishni

to'xtating va muzdan tushirishni davom ettirishdan avval 20 daqiqa kuting.
Muzdan tushirishni to'liq nihoyasiga yetkazish uchun baliq, go'sht va tovuqni

bir oz shundoq qoldiring. To'liq muzdan tushirish uchun kutish vaqti muzdan

tushirilayotgan mahsulotlarning miqdoriga bog'liq holda har xil bo'lishi

mumkin. Quyida keltirilgan jadvalga qarang.

Maslahat : Tekis va ingichka mahsulotlar semizlariga qaraganda va

kam miqdordagi mahsulotlar ko'plariga qaraganda tezroq

muzdan tushadi. Ushbu maslahatni mahsulotlarni muzlatish

va muzdan tushirishda yodda tuting.

Harorati -18 °C dan -20 °C gacha bo'lgan muzlatilgan mahsulotlarni

muzdan tushirishda quyidagi jadvalga amal qiling.

Har qanday muzlatilgan mahsulotni muzdan tushirish uchun ko'zda tutilgan

quvvatda (180 Vt) muzdan tushirish kerak.

Taom

Porsiya Vaqt

(daq.)

Ushlab

turish

vaqti

(daq.)

Ko'rsatmalar

Go'sht
Mol go'shti

qiymasi

500 g

10-12

5-20

Go'shtni tekis sopol idishga joylashtiring.

Chetlarini alyuminiy folga bilan ingichka

yoping. Muzdan tushirish vaqtining yarmi

o'tishi bilan ag'daring.

Cho'chqa

go'shtidan

tayyorlangan

steyklar

250 g

6-7

Parranda go'shti
Tovuq bo'laklari

500 g

(2 dona)

12-14 15-40 Avval tovuq bo'laklarini po'stini pastga

qilgan holda tekis sopol idishga soling.

Qanotchalari va oyoq uchlari kabi nozik

joylarini alyumin folga bilan o'rang. Muzdan

tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan

ag'daring.

Butun tovuq

1000 g 25-28

Baliq
Baliq filesi

250 g

(2 dona)

6-7

5-20

Muzlatilgan baliqni tekis sopol idish

o'rtasiga qo'ying. Ingichka bo'laklarini

semizlari tagiga joylashtiring. Ingichka

qirralarini alyumin folga bilan o'rang.

Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi

bilan ag'daring.

400 g

(4 dona)

11-13

Mevalar
Reza mevalar

250 g

6-7

5-10

Mevalarni tekis doirasimon shisha (katta

diametrga ega bo'lgan) idishga yupqa

qatlam qilib yoying.

Non
Tost bo'laklari

(har biri taxminan

50 g)

2 dona

4 dona

1½-2

3-4

5-10

Aylanish patnisining o'rtasiga qog'ozli

oshxona sochig'ining ustiga bulochkalarni

aylana qilib, nonni esa gorizontal shaklda

qo'ying. Muzdan tushirish vaqtining yarmi

o'tishi bilan ag'daring.

Tost/Sendvich

250 g

4-5

Nemischa non

(bug'doy + javdar

uni)

500 g

8-10

GE712AR_BWT_DE68-04050M-03_UZ.indd 17

2013-11-28 �� 7:45:15

Advertising