Xizmat ko’rsatish, Lampani almashtirish, 08 lampani almashtirish – Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H3340BS
Страница 98
O'zbek - 8
xizmat ko’rsatish
LAMPANI ALMASHTIRISH
OGOHLANTIRISH
• Pechkaning bironta bir lampasini almashtirishdan avval,
pechkani o'chiring va simini rozetkadan ajrating.
• Lampalarni SAMSUNG Xizmat ko'rsatish markazidan
sotib olish mumkin.
Orqa yoritish lampasi
25-40 vatli / 220~240 V, 300 °C issiqqa bardosh
pechka lampochkasidan foydalaning.
1. Qopqoqni soat miliga qarshi yo'nalishda aylantiring va metal
halqa hamda patnis halqani chiqaring. Zarurat bo'lsa, pechkaning
lampochkasini almashtiring.
2. Zarur bo'lgan hollarda shisha qopqoq, metall halqa va tekis halqani
tozalang.
3. Metall va tekis halqalarni shisha qopqoqqa kirgizing.
4. Shisha qopqoqni o'zingiz 1-qadamda olgan joyingizga joylashtiring va
qotirish uchun soat mili yo'nalishida burang.
Pechkaning yon tarafidagi chirog'i (Modelga qarab)
40 vatli / 220~240 V, 300 °C issiqqa bardosh pechka
lampochkasidan foydalaning.
1. Shisha qopqoqni olish uchun tag qismini bir qo'lingiz bilan ushlang, shisha va rama orasiga
oshxona pichog'i singari tekis o'tkir narsani kiriting.
2. Qopqoqni tortib chiqaring va zarurat bo'lganda pechka lampochkasini almashtiring.
3. Shisha qopqoqni qayta biriktiring.
MASLAHAT: Barmoqlardagi terning lampa yuzasiga o'tirib qolmasligi uchun galogen
lampalarni ushlaganda doimo quruq lattadan foydalaning. Bu lampani almashtirganingizda,
lampaning xizmat qilish muddatini orttiradi.
Neo Lite_NV70H3340BS_WT_DG68-00591B-01_UZ.indd 8
2014-07-16 4:37:57