Pishirish funksiyalari – Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H3340BS
Страница 107
O'zbek - 17
pishirish funksiyalari
Bu pechda bir necha xil funksiyalar mavjud.
Belgi
Funksiya
harorati
diapazoni
Foydalanish
Odatiy
40-250 °C
Issiqlik isitish tizimining yuqori va quyi qismidan chiqadi. Bu funksiyadan
deyarli istalgan taom turlarini standart pishirish va qovurish uchun
foydalanish mumkin. Tavsiya qilingan harorat: 200 °C
Konveksiya
40-250 °C
Konveksiya bilan hosil qilinadigan issiqlik pechda ventilyatorlar tomonidan
tekis taqsimlanadi. Bu funksiyadan muzlatilgan taomlar va pishiriqlar
uchun foydalanish zarur. Tavsiya qilingan harorat: 170 °C
Yuqori +
Konveksiya
40-250 °C
Yuqori isitish tizimi va konveksiya tomonidan hosil qilinadigan issiqlik
pechda ventilyatorlar tomonidan tekis taqsimlanadi. Ushbu funksiyada
go'sht va lazaniya kabi narsalarning yuzasini qarsildoq bo'lib qizartirish
uchun foydalanish mumkin. Tavsiya qilingan harorat: 190 °C
Pastki +
Konveksiya
40-250 °C
Pastki isitish tizimi va konveksiya tomonidan hosil qilinadigan issiqlik
pechda ventilyatorlar tomonidan tekis taqsimlanadi. Bu funksiyadan
pitstsalar, non va tortlar tayyorlash uchun foydalanish mumkin.
Tavsiya qilingan harorat: 190 °C
Katta gril
40-270 °C
Issiqlik katta yuzaga ega bo'lgan gril tomonidan chiqariladi.
Bu funksiyadan taomlarning ustini qizartirish uchun foydalanish mumkin,
masalan, go'shtning, lazaniya va xamirli taomlarnig.
Tavsiya qilingan harorat: 240 °C
Eko gril
40-270 °C
Issiqlik kichkina yuzaga ega bo'lgan gril tomonidan chiqariladi.
Bu funksiyadan baliq va masalliqli bagetlar singari kamroq issiqlik talab
qiladigan kichkina taomlarni tayyorlash uchun foydalanish zarur.
Tavsiya qilingan harorat: 240 °C
Ventilyatorli
gril
40-270 °C
Ikkita yuqori isitish elementi bilan hosil qilingan issiqlik ventilyatir
yordamida bir tekis tarqatiladi.
Bu rejimdan go'sht va baliqlarini pishirishda foydalaniladi.
Tavsiya qilingan harorat: 240 °C
Intensiv
pishirish
40-250 °C
Ushbu rejimda muqobil ravishda yuqori, pastki va konveksiya kabi isitish
rejimlarni ishga tushiradi.
Issiqlik pechkada bir tekis tarqatiladi. Ushbu rejim katta gratinlar va
piroglar kabi katta hajmdagi taomlar tayyorlash uchun foydalaniladi.
Tavsiya qilingan harorat: 170 °C
Qizartirish
40-150 °C
Ushbu rejim 220 °C darajagacha avtomatik dastlabki isitish rejimini o'z
ichiga oladi.
Yuqori isitgich va an'anaviy ventilyator go'shtni qizartirish jarayonida
ishlaydi. Ushbu bosqichda so'ng taom past tanalnagn harorat bilan yengil
pishirladi. Ushbu siklda yuqori va pastki isitgichlar ishlaydi. Ushbu rejim
go'sht, qizarib pishiriladigan taomlar, tovuq va baliq uchun mo'ljallangan.
Tavsiya qilingan harorat: 100 °C
Iltimos, pishirishni dastlabki isitishsiz ishga tushiring.
06
BOSHQA SOZLAMALAR VA PISHIRISH FUNKSIYASI
Neo Lite_NV70H3340BS_WT_DG68-00591B-01_UZ.indd 17
2014-07-16 4:38:05