Kir yuvish mashinasini o’rnatish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF8500NMW

Страница 128

Advertising
background image

16_ Kir yuvish mashinasini o’rnatish

Suvni chiqarish shlangini ulash

Suvni chiqarish shlangining uchini uch usulda joylashtirish mumkin.
1. Rakovina yon devori orqali: suv chiqarish shlanggi 60-90 sm balandlikda joylashishi kerak.

Suv chiqarish shlangining uchi egilgan bo’lishi uchun kir yuvish mashinasining to’plamida
mavjud bo’lgan shlangni plastmassa ushlagichidan foydalaning. Suv chiqarish shlangi
joyidan siljib ketmasligining oldini olish uchun ushlagichni ilgak yordamida devorga yoki arqon
yordamida vodoprovod jo’mragiga mahkamlab qo’ying.

2. Rakovinani suv chiqarish quvurining tirqishiga: suv chiqarish quvurining ajralgan joyi shlang

uchi pol sathidan 60 sm pastroq bo’lishi uchun rakovinaning suv chiqarish sifonidan
yuqoriroq joylashishi kerak.

3. Suv chiqarish quvurida: 65 sm balandlikka ega vertikal quvurdan foydalanish tavsiya etiladi; u

60 sm kalta va 90 sm uzun bo’lmasligi kerak.

5-QADAM
Kir yuvish mashinasini elektr ta’minotga ulash

Ta’minot kabelini devor rozetkasiga (eruvchan saqlagich yoki 15 A avtomatik uzgich yordamida
himoyalangan 220-240 V, 50 Hz ruxsat etilgan elektr rozetkasiga) ulang (elektr quvvatiga va
zaminlashga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi qo’shimcha axborotni 10-betda qarang).

Testli ishga tushirish

Kir yuvish mashinasi o’rnatilganidan so’ng Chayish+siqish dasturini ishga tushirib tekshirib
ko’ring.

Kir yuvish mashinasini

o’rnatish

Suv chiqarish shlangi

Shlang ushlagichi

60 – 90 sm

WF8500NH-02583C-15_UZ.indd 16

2013-12-10 16:22:01

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: