Kir yuvish mashinasini o’rnatish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF8500NMW

Страница 122

Advertising
background image

10_ Kir yuvish mashinasini o’rnatish

Kir yuvish mashinasini

o’rnatish

O’RNATISH TALABLARIGA MUVOFIQLIK

Elektr ta’minoti va yerga ulash

Yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohatlar olishning oldini olish uchun elektr tarmog’iga ulash va yerga
ulash AQSh ning Milliy elektrotexnik me’yorlari va qoidalari, ANSI/FNPA 70 ning so’nggi versiyasi va mahalliy
qonunchilikka muvofiq bajarilgan bo’lishi kerak. Kir yuvish mashinasining foydalanuvchisi ushbu qurilmani
tegishli elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

Hech qachon uzaytirgichlardan foydalanmang. Faqat kir yuvish mashinasi majmuasiga kiruvchi elektr
manbaiga ulash kabelidan foydalaning.

O’rnatishga tayyorlashda elektr manbaining quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling:
• 220-240 V kuchlanishli rozetka, 50 Gz, saqlagich yoki 15 A ga mo’ljallangan avtomatik o’chirg’ich;
• Faqat kir yuvish mashinasiga mo’ljallangan alohida tarmoqlangan zanjir.
Kir yuvish mashinasi yerga ulangan bo’lishi kerak. Kir yuvish mashinasi to’g’ri ishlamagan yoki ishdan chiqqan
hollarda yerga ulash elektr toki uchun eng kam qarshilikli yo’l bilan ta’minlagan holda elektr toki urish xavfini
kamaytiradi.
Kir yuvish mashinasi yerga ulangan rozetkada foydalanish uchun mo’ljallangan yerga ulash kabeliga ega
bo’lgan ikki shtirli elektr manbaiga ulash kabeli bilan birga beriladi.

Yerga ulash simini hech qachon plastik vodoprovod, gaz ta’minlash liniyalari yoki issiq suv trubasiga
ulamang.

Yerga ulash simining noto’g’ri ulanishi elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini yerga ulashning to’g’ri bajarilganligiga ishonchingiz komil bo’lmasa, maslahat olish
uchun malakali elektrik yoki texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha mutaxassisga murojaat qiling. Kir yuvish
mashinasi bilan birga berilgan elektr manbaiga ulash vilkasini o’zgartirmang. Agar vilka rozetkaga mos
kelmasa, tegishli rozetkani o’rnatish uchun malakali elektrikka murojaat qiling.

Suvni quyish

Suv bosimi 50-800 kPa bo’lsa, kir mashinasi ishlayotganda unga suv tegishlicha quyiladi. Suv bosimi 50 kPa
dan past bo’lganda suv klapanining ishida uzilishlar yuz berishi mumkin va ushbu klapan to’liq yopilmasligi
mumkin. Kir yuvish mashinasini suv bilan to’ldirish uchun boshqaruv tizimida berilgan vaqt qiymatiga nisbatan
ko’proq vatq talab qilinishi mumkin, bu esa qurilmaning o’chirib qo’yilishiga olib keladi (Boshqaruv tizimida
kir yuvish mashinasini to’ldirish vaqti uchun cheklanish o’rnatilgan, bu ichki shlang bo’shab qolgan hollarda
ortiqcha suv quyilishi yoki suvning toshib ketishini oldini olishga imkon beradi).
Kir yuvish mashinasi bilan berilgan shlanglar kir yuvish mashinasini vodoprovodga ulash uchun yetarli bo’lishi
uchun vodoprovod jo’mraglari kir yuvish mashinasining orqa devoridan 122 sm dan ko’p bo’lmagan masofada
joylashgan bo’lishi kerak.

Ko’pchilik santexnika mahsulotlari sotiladigan do’konlarda uzunligi eng ko’pi bilan 305 sm gacha bo’lgan
turli uzunliklardagi shlanglar sotiladi.
Quyidagi harakatlarni bajarish orqali suvning oqib ketishi va bu orqali yetkaziladigan zararlarning vujudga
kelish xavfini kamaytirish mumkin:
• Suv jo’mraglaridan osongina foydalanishni ta’minlash.
• Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda jo’mraglarni yopib qo’yish.
• Shlang prokladkalari orqali suvning oqib ketmayotganligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish.
Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan avval shlanglarning suv klapani va vodoprovod
jo’mraglariga ulanadigan barcha joylardan suv oqib ketmayotganligini tekshiring.

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ

WF8500NH-02583C-15_UZ.indd 10

2013-12-10 16:21:59

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: