Ehtiyot choralari, Muhim xavfsizlik belgilari va ehtiyot choralari – Инструкция по эксплуатации Samsung WF8500NMW

Страница 116

Advertising
background image

4_ Ehtiyot choralari

Ehtiyot choralari

Qo’llanmada Ogohlantirish

va Diqqat

belgilari uchraydi. Ushbu

qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo’yicha muhim ko’rsatmalar
bo’lishi mumkin bo’lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi.
Mashinani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda siz
sog’lom fikr bilan ish ko’rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz
va mashinani tegishli qarov bilan ta’minlashingiz kerak. Noto’g’ri foydalanish
natijasida vujudga keluvchi shikastlanishlar uchun Samsung kompaniyasi
javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI

Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar

quyidagi ma’nolarni bildiradi:

OGOHLANTIRISH!

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal
qilmaslik jiddiy jarohat olish yoki o’limga olib kelishi mumkin.

DIQQAT!

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal
qilmaslik yengil jarohat olish yoki mulklarning zararlanishiga olib
kelishi mumkin.

DIQQAT!

Yong’in kelib chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini
kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi ehtiyot
choralariga amal qiling.

Buni qilishga urinmang.

Qismlarga ajratmang.

Tegmang.

Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.

Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

Elektr toki urishini oldini olish uchun kir yuvish mashinasining yerga
ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Yordam olish uchun xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Izoh.

Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu
yerga joylashtirilgan. Ularga qat’iy amal qiling. Ushbu bo’limni o’qib chiqing va sizga keyinchalik
foydalanish uchun uni ishonchli joyda saqlang.

Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko’rsatmalarni o’qib chiqing.

Elektr toki va harakatchan detallardan foydalanilgan barcha qurilmalardan foydalanishdagi
kabi xavfli vaziyatlarning vujudga kelish ehtimoli mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda
ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda ehtiyot
choralariga amal qiling.

Kir yuvish mashinasini atmosfera omillarining ta’siridan uzoqda bo’lgan xonaga o’rnating va
saqalng.

Ushbu mashinani uning og’irligini ko’tara oladigan qattiq, tekis polga o’rnating va tekislang.

WF8500NH-02583C-15_UZ.indd 4

2013-12-10 16:21:58

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: