Wee belgisiga oid ko’rsatmalar – Инструкция по эксплуатации Samsung WF8500NMW

Страница 119

Advertising
background image

Ehtiyot choralari _7

Zanglamaydigan po’latdan qilingan kir yuvish mashinasi baki odatda zanglamaydi. Biroq
agar bakda uzoq vaqt davomida metall buyumlar (masalan, sochto’g’nag’ichlar) qoldirilsa,
bak zang bilan qoplanishi mumkin.
• Bakda suv yoki tarkibida xlor bo’lgan oqartiruvchi vositalarni uzoq vaqt qoldirmaslik

kerak.

• Kuchli kislotalar asosidagi tozalash vositalaridan foydalanmang.
• Tarkibida temir bo’lgan suvdan foydalanmaslik yoki uzoq vaqt bakda qoldirmaslik kerak.

Agar bak yuzasida zang izlari paydo bo’la boshlasa, yuzasini tozalash uchun neytral
tozalash vositalari va gubka yoki yumshoq matodan foydalaning (hech qachon metalldan
yasalgan chyotkadan foydalanmang).

Kir yuvish mashinasining havo almashish tirqishlari tagida joylashganligi uchun ularni gilam
yoki boshqa narsalar to’sib qo’yishiga yo’l qo’ymang.

WEE BELGISIGA OID KO’RSATMALAR

Ushbu mashinani to’g’ri chiqitga chiqarish (Keraksiz elektr va elektronika jihozi)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig’ish tizimiga ega bo’lgan mamlakatlarga tegishli)

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron
yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini
o’tab bo’lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo’lmasligini
ko’rsatadi.Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki
odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlarning oldini olish uchun mahsulot va
uning elektron aksessuarlarini boshqa chiqindilardan ajratib olgan holda chiqitga chiqaring.

Mahsulotni tabiatni saqlashga oid qonunlarga muvofiq chiqitga chiqarish joyi va usuli to’g’risidagi
ma’lumotlarni sotuvchidan yoki tegishli mahalliy davlat tashkilotidan olish mumkin.

Biznes bilan shug’ullanuvchi foydalanuvchilar o’zlarining ta’minotchilari bilan bog’lanishlari va
xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron
aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa ishlab chiqarish chiqindilari bilan birgalikda chiqitga
chiqarish ta’qiqlanadi.

WF8500NH-02583C-15_UZ.indd 7

2013-12-10 16:21:58

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: