Ўзбек – Инструкция по эксплуатации Vitek VT-1683

Страница 82

Advertising
background image

82

ЎЗБЕК

82

Mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli materiallar va idishlar

Alyuminiy zarqog’ozi

Zarqog’ozdan faqat gril ishlash rejimida foydalanish mumkin.
Zarqog’oz va mikroto’lqinli pechning devorlari o’rtasidagi masofa
kamida 2,5 sm ni tashkil etishi lozim.
Zarqog’ozning kichik bo’laklaridan go’sht yoki parranda go’shtining
yupqa bo’laklarini o’ta qovurilib ketishdan asrash maqsadida bekitish
uchun foydalanish mumkin.
Mikroto’lqinlar rejimida - agar zarqog’oz pechning devorlariga
o’ta yaqin joylashgan bo’lsa, uchqunlab ketish, eshikdagi ekran
beruvchi panjaraning yonib ketishi va pechning ishdan chiqishi
kabilar yuzaga kelishi mumkin. Bu holda Siz bepul kafolatli xizmat
ko’rsatish va ta’mirlash o’tkazilishi huquqidan mahrum bo’lasiz.

Qovurish uchun idishlar

Ishlab chiqaruvchining ko’rsatmalariga amal qiling.
Qovurish uchun idishning tubi aylanadigan

shisha taglikka qaraganda

5 mm ga qalinroq bo’lishi kerak. Qovurish uchun idishning noto’g’ri
ishlatilishi ham idishning o’zida, ham

shisha taglikda

darzlar paydo

bo’lishiga olib kelishi mumkin

.

Ovqatlanish uchun idishlar

Faqat mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun mo’ljallangan idishlar.
Idishlarni ishlab chiqaruvchining ko’rsatmalariga amal qiling. Darz
ketgan yoki chetlari uchgan idishlardan foydalanmang.

Shisha sig’imlar

Faqat issiqqa chidamli shishadan tayyorlangan va mikroto’lqinli pechda
foydalanish uchun mo’ljallangan sig’imlar. Ularda metall halqalar
yo’qligiga ishonch hosil qiling. Darz ketgan yoki chetlari uchgan
idishlardan foydalanmang.

Shisha idishlar

Faqat issiqqa chidamli shishadan tayyorlangan va mikroto’lqinli pechda
foydalanish uchun mo’ljallangan idishlar. Ularda metall halqalar
yo’qligiga ishonch hosil qiling. Darz ketgan yoki chetlari uchgan
idishlardan foydalanmang.

Mikroto’lqinli pechda
maxsus qopchalardan
foydalanib ovqat
tayyorlash jarayoni

Ishlab chiqaruvchining ko’rsatmalariga amal qiling. Metall simlardan
yoki tortish tizimchalaridan foydalanib, qopchalarni yopmang.
Qopchalarda bug’ chiqishi uchun bir yoki bir nechta tuynuklarni ochish
kerak.

Qog’oz tarelkalar va
piyolalar

Faqat qisqa muddatli tayyorlash/isitish uchun foydalaning. Bunday
idishda oziq-ovqat mahsulotlarni tayyorlash/isitish paytida mikroto’lqinli
pechni qarovsiz qoldirmang.

Qog’oz sochiqlar

Tayyorlanadigan mahsulotlarni ularning ichida issiqlikni ushlab qolish
uchun va yog’ning sachrab ketishining oldini olish uchun yopib qo’yish
mumkin. Ulardan faqat doimiy nazorat qilib turganda va faqat qisqa
muddatli tayyorlash/isitish uchun foydalaning.

Pergament qog’ozi

Yog’ning sachrab ketishining oldini olish maqsadida yoki o’ram sifatida
foydalaning. Ulardan faqat doimiy nazorat qilib turganda va faqat qisqa
muddatli tayyorlash/isitish uchun foydalaning.

Plastik

Faqat tegishli - «Mikroto’lqinli pechar uchun yaroqli» degan tamg’alari
bo’lgan plastik buyumlar. Ishlab chiqaruvchining ko’rsatmalariga amal
qiling.
Ba’zi plastik sig’imlar ichidagi oziq-ovqat mahsulotlari isishi natijasida
yumshab qolishi mumkin.
Germetik yopilgan plastik paketlarni o’ramlarning o’zida ko’rsatilgani
kabi teshish yoki kesib qo’yish kerak bo’ladi.

Plastik qoplamlar

Faqat tegishli tamg’alari bo’lgan plastik buyumlar. Tayyorlanayotgan
oziq-ovqat mahsulotlarini ularda namlik saqlanib qolishi maqsadida
yopib qo’yish mumkin.

1683.indd 82

1683.indd 82

12.04.2010 10:21:42

12.04.2010 10:21:42

Advertising