Ўзбек – Инструкция по эксплуатации Vitek VT-1683

Страница 78

Advertising
background image

78

ЎЗБЕК

78

MIKROTO’LQINLI PECh
Mikroto’lqinli pechdan foydalanishdan avval mazkur Qo’llanma bilan e’tibor berib tanishib
chiqing. Qo’llanmaning barcha ko’rsatmalariga amal qilgan holda mikroto’lqinli pech Sizga
ko’p yillar davomida benuqson xizmat qiladi.
Mazkur Qo’llanmani olinishi oson bo’lgan joyda saqlang.

MIKROTO’LQINLI NURLANIShNING ZARARLI TA’SIRI XAVFIGA TUShIB
QOLMASLIK UChUN AMAL QILISh LOZIM BO’LGAN EHTIYoT ChORALARI
1. Mikroto’lqinli pechdan eshikchasi ochiq bo’lganda foydalanish taqiqlanadi, chunki

bu mikroto’lqinli nurlanishning zararli ta’sir etishining xavfi ga olib keladi. Pech
eshikchasining ichki zulfi nlarini va himoya bloklashlarining elektr zanjirlariga
o’zgartirishlar kiritmaslik juda muhim.

2. Pechning korpusi va uning eshikchasi orasida biror-bir begona buyumlarni qo’ymang,

pech eshikchasining ichki yuzasidan yoki ekranlashtiruvchi panjarada yuvish
vositasining qoldiqlarini yoki gardlar yig’ilib qolishiga yo’l qo’ymang.

3. Shikastlangan yoki nosoz bo’lgan pechdan foydalanmang, ayniqsa eshikchasi tegishli

ravishda zich yopiladigan bo’lishi va quyidagilar shikastlangan bo’lmasligi juda muhim:

• eshikchasi

(qiyshaygan)

• sharnirlari va zulfi nlari (singan yoki bo’shatilgan)
• pech eshikchasining ichki tomonidan ekranlovchi panjara
4. Pech eshikchasining himoya bloklashlarining elektr zanjirlariga o’zgartirishlar kiritmang.
5. Pechni sozlash yoki ta’mirlash faqat ro’yxatga olingan servis markazining mutaxassislari

tomonidan amalga oshirilishi lozim.

XAVFSIZLIK ChORALARI YuZASIDAN MUHIM KO’RSATMALAR
OGOHLANTIRISh: Agar pech eshikchasidagi ekranlashtiruvchi panjara shikastlangan
bo’lsa, mikroto’lqinli pechdan foydalanish taqiqlanadi.
OGOHLANTIRISh: Agar ta’mirlash paytida mikroto’lqinli nurlanishdan himoya qilishni
ta’minlaydigan metall g’ilofni yechish kerak bo’lsa, mikroto’lqinli pechni ta’mirlash
har qanday ta’mirlashni bajaruvchi shaxs uchun xavfl i bo’ladi. Pechni o’ziniz mustaqil
ta’mirlamang.
OGOHLANTIRISh: Germetik yoki vakuumli o’ramdagi mahsulotlarni isitish yoki
pishirishdan avvad uni ochib qo’yishni unutmang. Aks holda o’ramning ichida hattao
mahsulot avval tayyorlangan bo’dsa ham, o’ramni yirtib yuborishi mumkin bo’lgan bosim
paydo bo’ladi.
• Mikroto’lqinli pechlar uchun mo’ljallangan idish-tovoqlardan foydalaning. Pechnin

ichiga metall idishlani qo’ymang, chunki shu idish tomonidan aks ettirilgan SVCh
– to’lqinlari uchqunli razryadlarga va buyumning yonib ketishiga olib kelishi mumkin.

• Mahsulotlarning o’ta isib ketishi va yonib ketishining oldini olish uchun, agar pechning

ichida bir martalik plastik, qog’oz va boshqa shu turdagi mahsulotlar solingan bo’lsa
yoki pechga kam mahsulotlar solingan bo’lsa, pechning ishlashini doimo kuzatib turing.

• Agar Siz birorta suyuqlikni (suv, qahva, sut va hokazo) isitayotgan bo’lsangiz, u holda u

birdaniga qaynab ketishi va siz idishni pechdan olayotgan paytingizda qo’lingizga to’kilib
ketishi mumkinligini unutmang. Bunday bo’lmasligi uchun idishning ichiga issiqlikka
chidamli plastik qoshiqni yoki shisha aralashtirgichni solib qo’ying va idishni olishdan
avval suyuqlikni aralashtiring.

1683.indd 78

1683.indd 78

12.04.2010 10:21:42

12.04.2010 10:21:42

Advertising