Ўзбек – Инструкция по эксплуатации Vitek VT-1680

Страница 48

Advertising
background image

48

ЎЗБЕК

48

• Tashqi yuzalarni nam salfetka bilan tozalash kerak.
• Pechning eshigi doimo toza bo’lishi lozim. Pechning eshigi va old paneli o’rtasida

ovqatning qoldiqlari yig’ilib qolishiga yo’l qo’ymang – bu eshikning normal yopilishiga
to’sqinlik qiladi.

• Pechning korpusidagi shamollatish tuynuklarini chang va gardlardan muntazam tozalab

turing, ulardan pechning sovitilishi uchun havo kirib turadi.

• Shisha taglikni va uning tayanchini muntazam ravishda yechib olib, tozalab turing;

pechning ish kamerasining tubini arting.

• Shisha taglikni va uning aylantiruvchi moslamasini neytral yuvish vositasi qo’shilgan

suvda yuving. Ushbu detallarni yuvish uchun idish yuvish mashinasidan foydalanish
mumkin.

• Isitilgan shisha taglikni sovuq suvga solmang, chunki haroratning keskin o’zgarishi

tufayli shisha taglik yorilib ketishi mumkin.

• Ish kamerasidagi yoqimsiz hidlarni ketkazish uchun pechning ichiga limon sharbati

qo’shilgan bir piyola suvni qo’ying va uni bir necha minut davomida qaynating. Ish
kamerasining devorlarini yumshoq salfetka bilan puxta tozalab arting.

NOSOZLIKLAR VA ULARNI BARTARAF QILISH USULLARI

Normal ishlashi

Mikroto’lqinli pech tele va radio-
signallarni qabul qilish uchun
shovqinlarni hosil qiladi.

Mikroto’lqinli pechning ishlashi vaqtida tele va radiosignallarni qabul
qilishda shovqin yuzagsha kelishi mumkin. Mikser, changyutgich
va elektr fen kabi kichik elektr asboblari ishlaganda ham o’xshash
shovqinlar yuzaga keladi. Bu normal holatdir.

Yoritishning yorqinligi past.

Mikroto’lqinli nurlanish quvvatining past darajasi belgilangan bo’lsa,
ish kamerasining yoritilishi yorqinligining darajasi past bo’lishi mum-
kin. Bu normal holatdir.

Devorda bug’ning qoplanishi,
shamollatish tuynuklaridan issiq
havoning chiqishi.

Ovqat tayyorlash jarayonida, tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsu-
lotlaridan bug’ chiqishi mumkin. bug’ning asosiy qismi shamollatish
tuynuklari orqali chiqadi, lekin uning bir qismi eshikning ichki to-
monida qolishi mumkin. Bu normal holatdir.

Nosozliklarni bartaraf qilish

Nosozlik

Ehtimoliy sababi

Bartaraf qilish usuli

Pech yoqilmayapti

Tarmoq simiinng vilkasi rozetkaga

yetarlicha zich kiritilmagan.

Vilkani rozetkadan olib qo’ying.

10 soniya o’tganidan keyin vilkani

rozetkaga qaytib kiriting.

Tarmoq rozetkasida muammo bor

Tekshirish uchun ayni shu rozetkaga

boshqa elektr asbobini yoqib ko’ring

Isitish mavjud emas

Eshigi zich yopilmagan

Eshikchani zich yoping

Pechning ishlashi paytida,

aylanayotgan shisha taglik

begona ovoz chiqaradi

Rolikli halqa yoki ish kamerasining

pastki qismi ifl oslangan

Shisha taglik va rolikli halqani

yechib oling. Rolikli halqani va ish

kamerasining tubini yuvib chiqing.

AGAR BULAR YORDAM BERMAGAN BO’LSA, RO’YXATGA OLINGAN SERVIS
MARKAZIGA MUROJAAT QILING, PECHNI SOZLASH YOKI TA’MIRLASHNI MUSTAQIL
AMALGA OSHIRISH TAQIQLANADI.

1680.indd 48

1680.indd 48

09.04.2010 14:13:05

09.04.2010 14:13:05

Advertising