Ўзбек – Инструкция по эксплуатации Vitek VT-1680

Страница 42

Advertising
background image

42

ЎЗБЕК

42

MIKROTO’LQINLI PECH

TA’RIFI
1. Pech ishlaganda eshik ochilgan holda ta’minotni o’chirish uchun avariyali bloklash tizimi
2. Ko’rish oynasi
3. Shisha taglik
4. Shisha taglikning tayanchi
5. Rolikli halqa
6. SVCh-to’lqinlarning chiqishi
7. Ishlash quvvatini belgilash dastasi POWER (QUVVAT)
8. Ovqatni tayyorlash vaqtini belgilash dastasi TIMER (VAQT)

MIKROTO’LQINLI NURLANISHNING ZARARLI TA’SIRI XAVFIGA TUSHIB
QOLMASLIK UCHUN AMAL QILISH LOZIM BO’LGAN EHTIYOT CHORALARI
• Pechni ochiq eshik bilan ishlatish taqiqlanadi, chunki bu mikroto’lqinli nurlanishinng

zararli ta’sir etishi xavfi ga olib keladi.

• Pechning eshigida himoya qiluvchi bloklash moslamalarining elektr zanjirlariga

o’zgartirishlarni kiritmang.

• Pechning korpusi va uning eshigi orasida biror-bir narsalarni qo’ymang, eshikning ichki

yuzasidan gardlarni yoki tozalash vositasining qoldiqlarini olib tashlang.

• Shikastlangan yoki nosoz bo’lgan pechdan foydalanmang, ayniqsa eshikchasi tegishli

ravishda zich yopiladigan bo’lishi va quyidagilar shikastlangan bo’lmasligi juda muhim:

- eshikchasi (qiyshaygan),
- sharnirlari va zulfi nlari (singan yoki bo’shatilgan).
• Pechni sozlash yoki ta’mirlash faqat ro’yxatga olingan servis markazining mutaxassislari

tomonidan amalga oshirilishi lozim.

XAVFSIZLIK CHORALARI YUZASIDAN MUHIM KO’RSATMALAR
Elektr asboblardan foydalanganda doimo xavfsizlik choralariga rioya qilish lozim.
DIQQAT! Kuyishlar, elektr tokning zarbalaridan shikastlanish, yong’in, mikroto’lqinli
nurlanishning chiqib ketishining ta’sir etishiga yo’l qo’ymaslik va o’z salomatligiga zarar
yetkazmaslik uchun:
1. Buyumdan foydalanishdan avval barcha yo’riqnomalarni diqqat bilan o’qib chiqing.
2. Yoqishdan avval elektr tarmoqdagi kuchlanish buyumning korpusida ko’rsatilgan

kuchlanishga mos kelishiga ishonch hosil qiling.

3. Mikroto’lqinli pechdan faqat uning bevosita maqsadi uchun, ushbu yo’riqnomada bayon

etilganidek foydalaning.

4. Mikroto’lqinli pech oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va tayyor ovqatlarni isitish uchun

mo’ljallangan.

5. Pechni ovqat mahsulotlarisiz yoqmang.
6. Tarmoq simi, tarmoq vilkasi shikastlangan bo’lsa, buyum noto’g’ri ishlasa, Siz uni yerga

tushirib yuborgan bo’lsangiz, mikroto’lqinli pechdan foydalanmang

7. Pechning ish kamerasida yonib ketish xavfi ga yo’l qo’ymaslik uchun:
- Pech ichida oziq-ovqat mahsulotlari plastik yoki qog’oz kabi oson yonuvchan materiallardan

yasalgan idishlarda isitilganda, yonib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pechni kuzatib turish
kerak.

1680.indd 42

1680.indd 42

09.04.2010 14:13:04

09.04.2010 14:13:04

Advertising