Инструкция по эксплуатации Samsung WF90F5E5U4W

Страница 173

Advertising
background image

O’zbek - 37

06

NOSOZLIKL

ARNI B

AR

TAR

AF QILISH

MUAMMO

AMAL

Eshigi ochilmayapti.

Kir yuvish mashinasini to‘xtatish uchun Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

Eshik qulfi mexanizmi bo‘shatilgunicha bir necha soniya o‘tishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi to'xtaganidan yoki o'chirilganidan keyin, 3 daqiqagacha eshik
ochilmaydi.

Barabandagi suv to‘liq chiqib ketganiga amin bo‘ling.

Barabanda suv qolsa, eshigi ochilmasligi mumkin. Barabandagi suvni chiqarib tashlang va
eshikni qo‘lda oching.

Eshik qulfining chirog'i o'chiqligiga amin bo'ling. Mashinaning suvi chiqarib yuborilganidan
keyin eshik qulfi chirog‘i o‘chadi.

Ortiqcha mag`zava bor.

Tavsiya qilingan kir yuvish vositasi turlaridan foydalanayotganligingizga ishonch hosil qiling.

Mag‘zava ko‘payib ketmasligi uchun yuqori samarali (HE) vositadan foydalaning.

Suv yumshoq bo‘lsa, kirlar kam bo‘lsa yoki kuchsiz kirlangan bo‘lsa, kir yuvish vositasi
miqdorini kamaytiring.

Yuqori samarali (HE) bo‘lmagan vositadan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Qo‘shimcha kir yuvish vositasini
qo‘sha olmayapman.

Kir yuvish vositasi va yumshatkichning qolgan miqdori me’yordan oshib ketmasin.

To‘xtab qolmoqda.

Elektr shnurini ishlayotgan rozetkaga tiqing.

Saqlagichni tekshiring yoki avtomatni qayta yoqing.

Eshigini yoping va mashinani ishga tushirish uchun Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.
Sizning xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida, mashina eshigi yopilmagunicha u aylanishni
boshlamaydi.

Suvga to‘lishidan oldin mashina eshik qulfini tekshirish uchun chiqillaydi va suvlarni tezda
chiqarib tashlaydi.

Siklda pauza yoki ivitish vaqti bo‘lishi mumkin. Biroz kutib tursangiz, mashina ishni boshlashi
mumkin.

Suv kraniga ulangan shlanglardagi to‘rli filtr tiqilib qolmagan bo‘lsin. To‘rli filtrni muntazam
tozalab turing.

Kir yuvish mashinasiga yetarlicha tok kelmasa, u vaqtinchalik suvni chiqarib tashlamaydi yoki
aylantirmaydi. Mashinaga yetarli tok kelishi bilan odatdagidek ishlay boshlaydi.

Noto‘g‘ri haroratdagi suv bilan
to‘lmoqda.

Har ikkala kranni oxirigacha oching.

Harorat to‘g‘ri tanlanganiga ishonch hosil qiling.

Shlanglar tegishli kranlarga ulangan bo‘lsin. Suv tizimiga og‘irlik tushirmoqda.

Suvni isitkich kamida 120 °F (49 °C) issiq suvni beradigan qilib qo‘yilgan bo‘lsin. Suvni
isitkich sig‘imi va tiklash tezligini ham tekshiring.

Shlanglarni chiqarib olib, to‘rli filtrni tozalang. To‘rli filtr tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin.

Mashina suvga to‘layotganida, suv harorati o‘zgarishi mumkin, chunki haroratni avtomatik
tekshirish xususiyati kelayotgan suv haroratini o‘lchab turadi. Bu oddiy holdir.

Sovuq yoki issiq harorat tanlanganida, mashina suvga to‘layotganida, faqatgina qaynoq va/
yoki faqatgina sovuq suv taqsimlagichdan o‘tayotganligini sezishingiz mumkin. Bu haroratni
avtomatik boshqarish xususiyatining normal ishlashi bo‘lib, mashina suv haroratini aniqlaydi.

Sikl tugaganida, kirlar ho‘l
qolmoqda.

Aylanish tezligini High (Yuqori) yoki Extra High (O‘ta yuqori) qilib tanlang.

Mag‘zavani kamaytirish uchun yuqori samarali (HE) vositadan foydalaning.

O‘ta kam yuklangan. Kam yuk (bir-ikkita narsa) muvozanat hosil qilmagani uchun to‘liq
aylanmasligi mumkin.

Oqava shlangi bukilib yoki tiqilib qolmagan bo‘lsin.

F500E-03367T-00_UZ.indd 37

6/23/2016 2:12:31 PM

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: