Sikl tanlagichdan foydalanish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF90F5E5U4W

Страница 161

Advertising
background image

O’zbek - 25

03

FO

YD

AL

ANISH

Sikl tanlagichdan foydalanish

Sikl

Foydalanish

Хлопок (Paxta)

O'rtacha yoki yengil kirlangan paxtali buyumlar, dasturxon, ichkiyim, sochiq, ko'ylak kabilar uchun.

Синтетика (Sintetika)

Polister (diolen, trevira), poliamid (perlon, neylon) yoki shunga o‘xshash boshqa aralashmalardan
qilingan o‘rtacha yoki yengil kirlangan bluzkalar, ko‘ylaklar va boshqalar uchun.

Джинсы (Jinsi)

Ko‘proq suv bilan yuvish sikli va kir yuvish vositalarining kiyimlaringizda iz qoldirmasligini kafolatlovchi
qo‘shimcha chayish sikli.

Удаление пятен (Dog‘ni
ketkazish)

Dog‘li kiyimlar uchun. Удаление пятен (Dog‘ni ketkazish) rejimi dog'larni dastlabki qayta ishlashga
ehtiyoj qoldirmagan holda, dog'larni ketkazish bo'yicha yuqori samara bilan ta'minlaydi. Dog‘larni
ketkazish bo‘yicha eng yaxshi natijaga erishish uchun biz bu rejimda issiq harorat opsiyasidan
foydalanishni tavsiya qilamiz, bunda keng ko‘lamdagi dog‘larni butunlay ketkazish uchun yuvish
harorati ichki isitgich yordamida orttiriladi.
Ushbu sikl yuvilayotgan buyumlardan dog‘larni samarali ketkazish uchun ivitishni o‘z ichiga oladi.
Ivitishda baraban ma’lum vaqt aylanishdan to‘xtaydi va ushbu to‘xtash noto‘g‘ri ishlash hisoblanmaydi.

Темные вещи (Qora kiyim)

Qo‘shimcha chayish sikllari va qisqartirilgan siqish sikli qora rangdagi kiyimlarning ehtiyotlik bilan
yuvilishi va yaxshilab chayilishini kafolatlaydi.

Ежедневная (Kundalik
yuvish)

Ichkiyim va ko‘ylaklar singari har kuni kiyiladigan buyumlar uchun.

Очистка барабана Eco (Eko
baraban tozalash)

Barabanni tozalash uchun. Barabanni kirlar va bakteriyalardan tozalaydi. Muntazam foydalanish (har 40
ta yuvishdan keyin) tavsiya qilinadi. Kir yuvish vositalari yoki oqartiruvchilar talab qilinmaydi.

Интенсивная стирка Eco
(Super eko yuvish)

Past haroratli Интенсивная стирка Eco (Super eko yuvish) sikli quvvatni samarali tarzda tejashga imkon
bergan holda, ajoyib kir yuvish natijalariga erishishni kafolatlaydi.

Верхняя одежда (Ko‘cha
kiyimlari)

Alpinistlar, chang‘ichilarning kiyimlari va sport kiyimlari kabi suv o‘tkazmaydigan buyumlar uchun.
Ushbu matolar funksional texnologiya natijalari va spandeks, strech va mikrotolalar kabi tolalarni o‘z
ichiga oladi.

Детские вещи (Go‘dak
kiyimlari)

Yuqori haroratda yuvish va qo‘shimcha chayish sikllari bolalarning terisiga shikast yetkazishi mumkin
bo‘lgan hech qanday qoldiq qolmasligini kafolatlaydi.

Шерсть (Jun)

Faqat mashinada yuvish mumkin bo‘lgan jundan qilingan buyumlar uchun. Bitta uyum 2,0 kg.dan kam
bo'lishi lozim.
Шерсть (Jun) rejimi kirlarni yengil tebratish harakatlari yordamida yuvadi. Yuvish paytida jundan
qilingan buyumlarni qisqarish/yirtilishdan himoyalash va super nozik tozalikka erishish uchun
yengil tebratish va ivitish harakatlari davom ettiriladi. Ivitish vaqtida kir yuvish mashinasining yuvish
harakatlarining to‘xtatishi/boshlashi noto‘g‘ri ishlash hisoblanmaydi.
Yuvish natijalarini va jun tolalariga qarovni yaxshilash uchun Jundan qilingan buyumlar siklida mo‘tadil
kir yuvish vositasidan foydalanish tavsiya qilinadi.

Постельное белье (Yotarjoy
buyumlari)

Yotarjoy buyumlari - choyshab, yostiq jildi, ko'rpa jildi va boshqalar uchun.

Yaxshi natijaga erishish uchun ko‘pi bilan 2,0 kg hajmda 1 xildagi yotarjoy buyumini yuving.

Отжим (Siqish)

Ko‘proq suvni chiqarib tashlash uchun qo‘shimcha siqish siklini bajaradi.

Полоскание+Отжим
(Chayish+Siqish)

Faqat chayilishi kerak bo‘lgan kirlar yoki chayishda qo‘shiladigan mato yumshatgichini qo‘shish uchun.

F500E-03367T-00_UZ.indd 25

6/23/2016 2:12:27 PM

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: