Bolalardan qulflash, Tovushni o‘chirish, Kir yuvishni kechiktirish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF90F5E5U4W

Страница 162

Advertising
background image

O’zbek - 26

Bolalardan qulflash

Защита от детей (Bolalardan qulflash) funksiyasi tanlangan yuvish siklini o'zgartirilishini oldini olish uchun tugmalarni qulflab qo'yishga
imkon beradi.

Faollashtirish/Nofaollashtirish

Agar Защита от детей (Bolalardan qulflash) funksiyasini faollashtirish yoki to‘xtatishni
istasangiz, Темп. (Haror.) va Полоскание (Chayish) tugmalarini bir vaqtda 3 soniya bosib
turing.
Xususiyat yoqilganida "Bolalardan qulflash " indikatori yonadi.

Защита от детей (Bolalardan qulflash) funksiyasi yoqilganida faqat Quvvat
tugmasi ishlaydi. Kir yuvish mashinasi o'chirilgan yoki elektr manbaiga ulash shnuri
uzilgan va qaytadan ulangandan keyin ham Защита от детей (Bolalardan qulflash)
funksiyasi yoqilgan holda qoladi.

Tovushni o‘chirish

Без звука (Tovushni o‘chirish) funksiyasini barcha sikllarda tanlash mumkin. Ushbu funksiya tanlanganda, barcha sikllar uchun tovush
o‘chiriladi. Kir yuvish mashinasi bir necha marta o‘chirib yoqilganda ham ushbu parametr saqlanib qoladi.

Faollashtirish/Nofaollashtirish

Agar Без звука (Tovushni o‘chirish) funksiyasini faollashtirish yoki to‘xtatishni istasangiz,
Полоскание (Chayish) va Отжим (Siqish) tugmalarini bir vaqtda 3 soniya bosib turing.
Xususiyat yoqilganida "Tovushni o'chirish " indikatori yonadi.

Kir yuvishni kechiktirish

3 soatdan 19 soatgacha bo‘lgan kechiktirish vaqtini (1 soatdan orttirish bilan) tanlash orqali kir yuvishni keyinroq yakunlaydigan qilish
mumkin. Displeydagi vaqt kir yuvishni tugallash vaqtini ko‘rsatadi.

1. Kir yuvish mashinasiga suv quyish kranini oching.
2. Barabanga ortiq darajada ko‘p kir solmang.
3. Yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.
4. Vosita tortmasidagi tegishli bo‘lmalarga kir yuvish vositasi va zarur bo‘lsa, yumshatgich yoki dastlabki yuvish vositasini soling.
5. Yuklash uchun tegishli sikl va parametrlarni tanlang.
6. Kechiktirish vaqti o'rnatilgunicha Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tugmasini qayta-qayta bosing.
7. Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

"Kir yuvishni kechiktirish " indikatori yonadi va soat o'rnatilgan vaqtga yetgunicha teskari sanashni boshlaydi.

8. Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) funksiyasini bekor qilish uchun Quvvat tugmasini bosish orqali mashinani o‘chiring.

F500E-03367T-00_UZ.indd 26

6/23/2016 2:12:28 PM

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: