Chiqindi filtri – Инструкция по эксплуатации Samsung WW10H9600EW

Страница 208

Advertising
background image

O’zbek - 44

Chiqindi filtri

Uning tiqilib qolishini oldini olish uchun chiqindi filtrini yiliga 5 yoki 6 marta tozalash tavsiya qilinadi. Tiqilib qolgan chiqindi filtri
ko’piklashish samarasini pasaytirishi mumkin.
1. Kir yuvish mashinasini o'chiring va elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan

uzing.

2. 42-sahifadagi «Favqulodda suvni chiqarish«ga qaragan holda baraban ichidagi

qoldiq suvlarni chiqarib yuboring.

3. Tanga yoki kalitdan foydalanib filtr qopqog'ini oching.
4. Chiqindi filtri qopqog'ini chapga burang va qolgan suvlarni chiqarib yuboring.
5. Chiqindi filtrini chiqarib oling.

6. Chiqindi filtrini yumshoq cho'tka bilan tozalang. Filtr ichidagi suv chiqarish nasosi

parragining tiqilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

7. Chiqindi filtrini joyiga qaytarib soling va filtr qopqog'ini o'ngga burang.

• Xavfsizlik filtri qopqog'ini ochish uchun uni bosing va soat miliga qarama-

qarshi yo'nalishda burang. Qopqoq prujinasi uni ochishga yordam beradi.

• Xavfsizlik filtrini yopish uchun uni soat mili yo'nalishida burang. Prujina

tirqillagan tovush chiqaradi, bu oddiy holdir.

• Agar chiqindi filtr tiqilib qolgan bo'lsa, ekranda «5E» xatolik kodi namoyish qilinadi.

DIQQAT
• Filtrni tozalagandan keyin filtr qopqog'ining to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda bu suvning oqib ketishiga

olib kelishi mumkin.

• Tozalagandan keyin filtrning to'g'ri solinganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda bu ishlash xatoligi yoki suvning oqib

ketishiga olib kelishi mumkin.

Untitled-6 44

2014-03-20 �� 12:17:04

Advertising