Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar – Инструкция по эксплуатации Samsung WW10H9600EW

Страница 168

Advertising
background image

O’zbek - 4

Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar

OGOHLANTIRISH: Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir yuvish
mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:

Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o’ynashiga yo’l
qo’ymang. Kir yuvish mashinasi eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina
ichida tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.

Agar bolalar nazorat ostida bo’lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan
ushbu qurilmadan foydalanish to’g’risida avvaldan ko’rsatmalar berilmagan bo’lsa, bu qurilmadan
jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar
(jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.

Ularning mashina bilan o’ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun bolalarni kuzatib turing.

Yevropada foydalanish uchun: Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga ushbu mashinadan
xavfsiz tarzda foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilsa va ular bo’lishi mumkin bo’lgan
xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki
aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari
mumkin. Bolalar ushbu kir yuvish mashinasi bilan o’ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat
ko’rsatish nazoratsiz tarzda bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.

Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab
chiqaruvchi, uning xizmat ko’rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.

Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog’iga ulash shnuri, vodoprovod krani va suv chiqarish
trubasidan foydalanish mumkin bo’lgan tarzda o’rnatilishi kerak.

Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo’lgan qurilmalarda gilam ushbu tirqishlarni to’sib
qo’ymasligi kerak.

Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to’plamidan foydalanilishi va eski shlanglar
to’plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.

Untitled-6 4

2014-03-20 �� 12:16:57

Advertising