Bolalardan qulflash, Tovush signalini o’chirish, Отложить стирку (kir yuvish kechiktirish) – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1802WPC
Страница 157
kir yuvish _25
02 KIR YUVISH
Bolalardan qulflash
“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalar kir yuvishning tanlangan siklini almashtirib qo’ymasliklari
uchun tugmalarni bloklab qo’yish imkoniyatini beradi.
Yoqish/o’chirish
“Bolalardan qulflash” funksiyasini yoqish yoki o’chirish kerak
bo’lsa, bir vaqtning o’zida Температура (Harorat) va
Полоскание (Chayish) tugmalarini 3 soniyaga bosib turing.
Ushbu funksiya yoqilganidan so’ng “Bolalardan qulflash ”
indikatori yonadi.
“Bolalardan qulflash” funksiyasi yoqilganda faqat Вкл.
(Yoqish) tugmasi ishlaydi. “Bolalardan qulflash” funksiyasi
ta’minot yoqilgandan va o’chirilgandan keyin yoki ta’minot
kabeli o’chirilganidan yoki qayta o’qilganidan keyin ham
yoqilgan bo’ladi.
Tovush signalini o’chirish
“Tovush signalini o’chirish” funksiyasini barcha sikllarda tanlash mumkin. Ushbu funksiya
tanlanganda barcha sikllar uchun tovush o’chiriladi. Kir yuvish mashinasi bir necha marta o’chirib
yoqilganda ham ushbu parametr saqlanib qoladi.
Yoqish/o’chirish
“Tovush signalini o’chirish” funksiyasini yoqish yoki o’chirish
kerak bo’lsa, bir vaqtning o’zida Отжим (Siqish) va Опция
(Optsiya) tugmalarini 3 soniyaga bosib turing. Ushbu funksiya
yoqilganidan so’ng “Tovush signalini o’chirish ” indikatori
yonadi.
Отложить стирку (Kir yuvish kechiktirish)
3 - 19 soatga qoldirish vaqtini tanlab (1 soat qadami bilan), kir yuvish mashinasi avtomatik
ravishda kir yuvishni keyinroq tugatishi uchun uni dasturlash mumkin. Displeyda aks ettirilayotgan
vaqt kir yuvishning tugash vaqtini belgilaydi.
1. Kir yuvish mashinasining dasturini kir yuvish uchun mo’ljallangan kir matosining turiga muvofiq
qo’lda yoki avtomatik ravishda o’rnating.
2. Qoldirish vaqti o’rnatilgunga qadar Отложить стирку (Kir yuvish kechiktirish) tugmasini bir
necha marta bosing.
3. Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing. “Отложить стирку (Kir yuvish kechiktirish)
” indikatori yonadi va soat ko’rsatilgan vaqtgacha teskari sanashni boshlaydi.
4. “Отложить стирку (Kir yuvish kechiktirish)” funksiyasini bekor qilish uchun Вкл. (Yoqish)
tugmasini bosing, so’ng kir yuvish mashinasini qaytadan yoqing.
3 soniya.
3 soniya.
WF1804WP-03025T-07_UZ.indd 25
2013-12-12 14:19:11