Инструкция по эксплуатации Samsung WF1802WPC
Страница 134
2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari
yangi samsung kir yuvish
mashinasining funksiyalari
Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni
o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi
bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va
quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.
• Eco Bubble rejimida kir yuvish
Samsung markasidagi kir yuvish mashinalarining Eco Bubble ish rejimi yangi turdagi matolarni
ehtiyotkorlik bilan yuvgan holda yanada sifatliroq yuvish bilan ta’minlaydi. Eco Bubble rejimi kir
yuvish kukunini bir tekis taqsimlaydi va uni matolar ichiga tezroq va chuqurroq kiritadi.
• Tezkor kir yuvish
Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! Bizning 15 daqiqalik tezkor kir yuvishga
mos keluvchi Быстрая 15’ (Tezkor 15’) dasturimiz sizga kir yuvish va boshqa ishlar bilan
shug’ullanishingizga imkon beradi.
Endi siz o’zingizning yoqtirgan kiyimlaringizni (2 kg gacha) 15 daqiqada yuvishingiz mumkin!
• Ustki kiyimlar
Sizning kir yuvish mashinangiz ust kiyimlaringizning ajoyib saqlanishini ta’minlanishini hisobga
olgan holda Samsung kir yuvish mashinasining Eco Bubble dasturidan foydalanish suv
o’tkazmaydigan kiyimlarni kamroq darajada eskirtirgan holda yuvishga imkon beradi. Eco
Bubble dasturi tomonidan hosil qilinadigan ko’pikli yoqtiqcha suv o’tkazmaydigan qatlamni
zarbalar va ishqalanishlar tomonidan yetkaziladigan shikastlanishlardan himoya qilgan holda
ust kiyimning eng kam darajada eskirishini ta’minlaydi hamda ehtiyotkorlik bilan muomala
qilishni talab qiladigan boshqa matolarni himoya qiladi.
• Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni
Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning
kiyimlarini qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.
Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar
terisining qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar
turlarga ajratiladi va kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga
oshiriladi, shu bilan bolalar kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza
ko’rinishiga erishiladi.
• Wool Certified (Mashina jundan qilingan mahsulotlarni yuvish
uchun sertifikatga ega) belgisi
Mashina Woolmark Company kompaniyasi tomonidan jundan qilingan mahsulotlarni
mashinada yuvishga nisbatan o’rnatilgan talablarga muvofiqligi sinovdan o’tkazilgan va
tekshirilgan. Bu belgi orttirilgan sertifikatsiya, ya’ni nafaqat yuvishning bajarilishini, balki jundan
qilingan matolarning himoya qilinishini ham kafolatlovchi Woolmark kompaniyasining mavjud
belgisiga nisbatan yaxshiroq belgi hisoblanadi. Matoni kiyim birkasida ko’rsatilgan Woolmark
va Samsung kompaniyalari tavsiyalariga muvofiq tarzda yuvish kerak.
• Qo’lda kir yuvish
Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir
yuvishga erishiladi.
WF1804WP-03025T-07_UZ.indd 2
2013-12-12 14:19:05