Barabanni eco tozalash dasturi, Bolalardan qulflash” funksiyasi, Kir yuvish kechiktirish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1802WPC

Страница 135: Raqamli grafik displey, Keng eshikcha

Advertising
background image

yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari _3

• Barabanni Eco tozalash dasturi

Очистка барабана Eco (Barabanni Eco tozalash) dan foydalanish kimyoviy tozalovchilar yoki

oqartiruvchilarsiz kir yuvish mashinangizni toza saqlashingizga yordam beradi. Barabanni

tozalashning maxsus dasturi tufayli baraban begona hidlarsiz toza holda saqlanadi.

• “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini

olishga imkon beradi.

Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u

faollashtirilgan hollarda signal beradi.

• Kir yuvish kechiktirish

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa

ayniqsa uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish

qulayligini yanada oshiradi.

• Raqamli grafik displey

Raqamli grafik displeyga ega bo’lgan boshqaruv paneli juda sodda va foydalanish uchun

qulaydir. Foydalanishga qulay bo’lgan raqamli grafik displey tufayli kir yuvishning eng yaxshi

natijalariga erishish uchun kir yuvish rejimi sozlamalarini sozlashni tez va aniq bajarish mumkin.

• Keng eshikcha

Qulay ko’rish uchu katta diametrdagi eshikcha! Yuklanish va kirlarni, ayniqsa yirik kirlar,

masalan, choyshablar, sochiq kabilarni chiqarib olishni osonlashtiradi.

• Suv uchun Aqua shlang modeli va suv oqib chiqishi datchigi

(ayrim modellarda)

Samsung kompaniyasi kir yuvish mashinalaridagi muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan suv oqib
chiqishidan himoyalash tizimi suv manbaiga ulanish joyida suv oqib chiqishining oldini oluvchi
va suv oqib chiqishini aniqlash datchigining tag qismida joylashgan “aqlli” shlangni o’z ichiga
oladi. Suv quyish shlangining ichki qatlami shikastlangan hollarda shlang ichida mavjud
bo’lgan gubka kengayadi va krandan suv kirishingi to’sib qo’yadi.

• Keramik isitish elementi uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydi va

elektr energiyasi harajatlarini kamaytiradi

(ayrim modellarda)

Biz tomonimizdan yaratilgan keramik isitish elementi oddiy isitish elementlariga nisbatan ikki

barobar uzoqroq xizmat qiladi.

Natijada ta’mirlash harajatlari kamayadi. Bundan tashqari suvning qattiqlik koeffitsienti

kamayadi va elektr energiyasi tejab qolinadi.

Ushbu qo’llanmada yangi Samsung kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va

uni tegishli tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Unda siz boshqaruv panelining

bayoni, kir yuvish mashinasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar va eng yangi imkoniyatlar va
funksiyalardan foydalanish bo’yicha maslahatlarni topasiz. 36-sahifadagi “nosozliklarni izlash
va bartaraf qilish va axborot kodlari” bo’limida yangi kir yuvish mashinasidagi nosozliklarni
barataraf qilish bo’yicha maslahatlar keltirilgan.

WF1804WP-03025T-07_UZ.indd 3

2013-12-12 14:19:05

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: