Kir yuvish bo’yicha ko’rsatmalar, Qadam - turlarga ajratish, Qadam - cho’ntaklarni bo’shatish – Инструкция по эксплуатации Samsung WW12H8400EW-LP

Страница 160: Qadam - kir yuvish to’ridan foydalanish, Qadam - dastlabki yuvish (zarur bo’lgan hollarda)

Advertising
background image

O’zbek - 20

Kir yuvish bo’yicha ko’rsatmalar

1-QADAM - Turlarga ajratish

Kirlarni quyidagi mezonlar bo’yicha turlarga ajrating:

• Yuvish bo’yicha ko’rsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika, ipak, jun va viskozadan qilingan

buyumlar turlariga ajrating.

• Rangi: Oq rangdagilarni ranglilaridan ajrating.
• O’lchami: Turli o’lchamdagi kiyimlarni barabanga birgalikda solish kir yuvish samaradorligini yaxshilaydi.
• Ta’sirchanlik: Toza, yangi junli buyumlar, pardalar va ipakli buyumlar uchun Oson dazmollash opsiyasidan foydalanib nozik

buyumlarni alohida yuving. Buyumlarning yorliqlarini tekshiring.

Kir yuvishni boshlashdan avval kiyimlar yorliqlarini albatta tekshiring va ularni tegishli turlarga ajrating.

2-QADAM - Cho’ntaklarni bo’shatish

Yuviladigan kiyimlaringizning barcha cho’ntaklarini bo’shating

• Kiyimlardagi tanga, to’g’nag’ich va to’qa kabi buyumlar boshqa kiyimlar hamda barabanni shikastlashi mumkin.

Tugma va kashtali kiyimlarini ichini ag’darib soling

• Agar yuvish vaqtida shimlar va kurtkalarning zamoklari ochiq bo’lsa, baraban shikastlanishi mumkin. Zamoklar yopilishi va ip bilan

bog’lab qo’yilishi kerak.

• Uzun bog’ichlari bo’lgan kiyimlar boshqa kiyimlar bilan aralashib ketishi mumkin. Kir yuvishni boshlashdan avval iplarning biriktirib

qo’yilganligiga ishonch hosil qiling.

3-QADAM - Kir yuvish to’ridan foydalanish

• Ko’krakpechlar (suvda yuvish mumkin bo’lgan) kir yuvish to’riga joylashtirilishi kerak. Ko’krakpechlarning metall qismlari boshqa

kirlarni teshishi va yirtishi mumkin.

• Paypoq, qo’lqop, chulki paypoqlari va ro’molchalar singari kichkina va yengil kiyimlar eshikka tiqilib qolishi mumkin. Ularni nozik

materialdan qilingan kir yuvish to’r qopchalariga joylashtiring.

• Kir yuvish to’r qopchasini boshqa kirlarga qo’shmagan holda alohida yuvmang. Bu kir yuvish mashinasini siljitib yuborishi va

shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan kuchli tebranishlarni hosil qilishi mumkin.

4-QADAM - Dastlabki yuvish (zarur bo’lgan hollarda)

Kiyimlar juda kirlangan bo’lsa, tanlangan rejim uchun Dastlabki yuvish opsiyasini tanlang. Kir yuvish vositasi qo’lda barabanga
solinganida Dastlabki yuvish opsiyasini ishlatmang.

Untitled-8 20

2014-03-31 �� 2:36:46

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: