Suvni chiqarish, Pol qoplamasi, Suv harorati – Инструкция по эксплуатации Samsung WW12H8400EW-LP

Страница 153: Tokcha yoki shkafga o’rnatish

Advertising
background image

O’zbek - 13

O'RNA

TISH

Suvni chiqarish

Samsung kompaniyasi balandligi 60~90 sm bo’lgan vertikal trubadan foydalanishni tavsiya etadi. Suvni chiqarish shlangi qisqich bilan
vertikal trubaga bog’langan bo’lishi kerak, vertikal truba esa suv chiqarish shlangini to’laligicha qoplashi shart.

Pol qoplamasi

Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u tekis va qattiq sirtga o’rnatilgan bo’lishi kerak. Tebranishlarni va/yoki
muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog’och pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va
kafelli pollar tebranishlarga yaxshi qarshilik ko’rsatmaydi va siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT
Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg'un sirtlarga O'RNATMANG.

Suv harorati

Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo’lgan joylarga o’rnatmang, chunki suv mashinasining klapanlari, nasoslari va/yoki
shlanglarida doimo ma’lum miqdorda suv qoladi. Ulanish qismlarida qolgan muzlagan suv kamarlar, nasos va kir yuvish mashinasining
boshqa qismlariga shikast yetkazishi mumkin.

Tokcha yoki shkafga o’rnatish

Barqaror ishlashi uchun minimal masofalar:

Yon tomonlar bo'yicha

25 mm

Orqadan

50 mm

Yuqoridan

25 mm

Old tomondan

550 mm

Agar kir yuvish mashinasi va quritgich bir joyga o’rnatilsa, tokcha yoki bo’lmaning old tomonida kamida 550 mm bo’lgan to’siqsiz havo
kirish tirqishiga ega bo’lishi kerak. Kir yuvish mashinasining o’zi uchun hech qanday maxsus havo kirish tirqishi talab qilinmaydi.

Untitled-8 13

2014-03-31 �� 2:36:44

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: