Kir yuvish, Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish – Инструкция по эксплуатации Samsung WD806U2GAWQ

Страница 160

Advertising
background image

28_ O'zbekcha

Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish

Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Fuzzy Control” kir yuvishni avtomatik boshqarish tizimi
tufayli kir yuvish juda oson bajariladi. Kir yuvish dasturini tanlashda mashina o’zi kir yuvishning to’g’ri
harorati, vaqti va tezligini o’rnatadi, ularni siz ham o’z xohishingizga ko’ra o’zgartirishingiz mumkin.

1. Vodoprovod jo’mragini oching.

2. Вкл./Выкл. (yoqish/o'chirish) tugmasini bosing.

3. Eshikchani oching.

4. Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari yuklanishiga yo’l

qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5. Eshikchani yoping.

6. Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bo'lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish vositalarni

yuklab qo’ying.

Dastlabki kir yuvish rejimi Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Ежедневная (Kundalik yuvish),
Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish) va Интенсивная стирка Eco (Intensiv Eco yuvish) dasturi
tanlangan hollatdagina mavjud. Yuviladigan buyumlar juda kirlangan hollardagina dastlabki kir
yuvishdan foydalanish talab qilinadi.

7. Mato turiga mos holda kerakli siklni tanlash uchun sikllar pereklyuchatelidan foydalaning: Хлопок

(Paxta), Синтетика (Sintetika), Ежедневная (Kundalik yuvish), Быстрая стирка 15’ (Tezkor kir yuvish 15’),
Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish), Интенсивная стирка Eco (Intensiv Eco yuvish), Верхняя
одежда (Ustki kiyimlar), Шерсть (Jundan qilingan buyumlar). Boshqaruv panelida tegishli indikatorlar
yonadi.

8. Endi tegishli tugmalar yordamida kir yuvish harorati, chayish soni, siqish uchun aylanmalar soni va kir

yuvishni kechiktirish vaqtlarni tanlash mumkin.

9. Старт/Пауза (start/Pauza) tugmasini bosing va kir yuvish boshlanadi. Kir yuvish indikatori yonadi va

displeyda siklning qolgan vaqti aks ettiriladi.

Pauza funksiyasi
Kir yuvish boshlanganidan so’ng 5 daqiqa davomida kirni qo’shish yoki olish mumkin.

1. Eshikni blokdan chiqarish uchun Старт/Пауза (start/Pauza) tugmasiga bosing.

Agar suv juda ISSIQ bo’lsa yoki suvning sathi juda YUQORI bo’lsa, eshikni ochish mumkin emas.

2. Eshik yopilganidan so’ng kir yuvishni davom ettirish uchun Старт/Пауза (start/Pauza) tugmasini

bosing.

Kir yuvish sikli tugaganida:
Kir yuvishning butun sikli tugaganidan so’ng kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o’chadi.

1. Eshikchani oching.
2. Kirni oling.

kir yuvish

WD806U2GA-03344B-02_UZ.indd 28

2014/5/30 17:09:48

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: