Kir yuvish, Моя программа (mening dasturim), Smart care funksiyasi – Инструкция по эксплуатации Samsung WD806U2GAWQ
Страница 156
24_ O'zbekcha
Моя программа (Mening dasturim)
Usbu tugma uni oddiygina bir marta bosish bilan o’zingizning doimiy (Harorat, baraban aylanish tezligi,
buyumlarning kirlanganlik darajasi, dastur kabilarni hisobga oluvchi) kir yuvish dasturingizni faollashtirishga
imkon beradi.
Dasturning saqlangan qo’shimcha funksiyalarini yuklash va foydalanish uchun Моя программа (mening
dasturim) tugmasini bosing. Bundan tashqari tanlangan dastur va qo’shimcha funksiyalarning signally
chiroqlari miltillaydi.
Siz o’zingizga kerak bo’ladigan barcha qo’shimcha funksiyalarni “Моя программа (Mening dasturim)”
dasturida o’rnatishingiz mumkin
1. Vodoprovod jo’mragini oching.
2. Вкл./Выкл. (yoqish/o'chirish) tugmasini bosing.
3. sikllar ulagichidan foydalangan holda siklni tanlang.
4. Sikl tanlangandan keyin barcha qo’shimcha funksiyalarni o’rnating.
Har bir sikl uchun mavjud qo’shimcha funksiyalarni o’rnatish uchun 39-betdagi “dasturlar jadvali”-ga
qarang.
5. Shundan keyin siz tanlangan sikl va qo’shimcha funksiyalarni Mening dasturim rejimida “Моя
программа (mening dasturim)” tugmasini kamida 3 soniya bosib turgan holda saqlashingiz mumkin.
Siz keyingi safar Mening dasturim-ni tanlaganingizda siz tanlaydigan sikl va qo’shimcha funksiyalar
namoyish qilinadi.
Siz yuqorida keltirilgan jarayonni takroran bajargan holda Mening dasturim funksiyasi parametrlarini
o’zgartirishingiz mumkin.
Siz so’nggi marta foydalangan parametrlar keyingi safar Mening dasturim-ni tanlaganingizda yana
namoyish qilinadi.
Agar Siz Mening dasturim tugmasini bossangiz va 3 soniya bo’lmasdan turib qo’yib yuborsangiz, avval
saqlangan kir yuvish dasturi va qo’shimcha funksiyalar namoyish qilinadi. Agar Siz Mening dasturim
tugmasini bossangiz va 3 soniyadan ko’proq vaqt ushlab tursangiz, hozirda o’rnatilgan kir yuvish
dasturi va qo’shimcha funksiyalar saqlanadi va yorug’liq diodli indikator 3 soniya miltillab turadi.
Smart Care funksiyasi
Ushbu funksiya mashina holatini smartfon yordamida aniqlash imkonini beradi.
1. Agar mashinada xato haqida xabar paydo bo’lsa yoki
hech qanday tugmani bosmagan bo’lsangiz Smart Care
funksiyasidan foydalanish uchun Полоскание + Отжим
(Chayish + siqish) bosing va 3 soniya davomida ushlab
turing.
• Ushbu funksiyadan foydalangandan so’ng xato kodi
haqidagi ma’lumot yo’q bo’ladi.
2. Smart Care funksiyasini faollashtirganingizdan so’ng
ekranda 2 yoki 3 soniya davomida diod chiroqli ko’rsatkich
aylanadi, so’ngra ekranda Smart Care ko’rsatkichi aks etadi.
3. Smart Care ilovasini smartfoningizda faollashtiring.
• Smart Care funksiyasi Galaxy S, Galaxy S2, iPhone 4 va
iPhone 4S kabi smartfonlarida ishlaydi.
4. Smartfoningiz kamerasini kir yuvish mashinasining
ko’rsatkich paneliga qarating.
5. Smartfon kamerasini kir yuvish mashinasining ko’rsatkich paneliga qaratganingizdan so’ng, xato
haqidagi xabar avtomatik tarzda aniqlanadi, xato turlari va ularni bartaraf qilish choralari smartfonda aks
etadi.
6. Agar smartfon ketma-ket ikki martadan so’ng xatoni aniqlamasa, iltimos, kir yuvish mashinasidagi aks
etayotgan xato kodini SmartCare funksiyasining ilovasiga qo’lda kiriting.
SmartCare funksiyasining ilovasini yuklab olish.
• Samsung Laundry App ilovasini Android Market yoki Apple App Store saytlaridan mobil
telefoningizga yuklab oling. (qidirish uchun kalit: samsung smart Washer)
Smart Care funksiyasidan foydalanishda ehtiyot choralari
kir yuvish
WD806U2GA-03344B-02_UZ.indd 24
2014/5/30 17:09:47