Инструкция по эксплуатации Samsung SC07F80HB
Страница 78
06_
Texnika xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar
va shu kabi matolardan tayyorlangan boshqa buyumlarni
sterillashdan boshqa maqsadlarda foydalanmang. Kompaniya
ultrabinafsha cho'tkadan yuqorida sanab o'tilganlaridan boshqa
maqsaqlarda foydalanilishi natijasida sodir bo'lgan halokatlar
oqibatida yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgarlikni
zimmasiga olmaydi.
• Ultrabinafsha cho'tka ustiga o'tirmang yoki uni tashlab
yubormang va mahsulot qismlariga yetkaziladigan ta'sirlarning
oldini oling. Bunday qilmasilik jarohatlanish yoki mahsulot
shikastlanishiga sabab bo'ladi.
• Ultrabinafsha cho'tka orqa panelidagi quvvat terminallariga
metall mix yoki sterjen bilan tegmang. Bu elektr toki urishi yoki
yong'inga olib kelishi mumkin.
• Ultrabinafsha lampa ishdan chiqqanida mahsulotni o'zingicha
qismlarga ajratmang yoki o'zgartirmang.
Iltimos, almashtirish uchun ishlab chiqaruvchi yoki xizmat
ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
• Ultrabinafsha cho'tkada ichki zaryadsizlanish yuz berib turgani
uchun mahsulotdan hech qachon yonuvchan aerozollar yoki
moddalar yaqinida foydalanmang.
• Ultrabinafsha cho'tkadan uzoq vaqt foydalangandan keyin
ultrabinafsha lampaga tegmang, chunki oyna yuzasi issiq bo'lishi
mumkin.
• Ultrabinafsha lampaga xos bo'lgan xususiyatlarga bog'liq
ravishda quyi haroratlarda ultrabinafsha cho'tka sekinroq ishga
tushishi mumkin. Iltimos, ultrabinafsha cho'tkani xona ichida
saqlang.