Инструкция по эксплуатации Samsung SC07F80HB

Страница 76

Advertising
background image

04_

Texnika xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar

MUHIM EHTIYOT CHORALARI

UMUMIY

• Barcha ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing. Qurilmani

yoqishdan avval elektr tarmog'ingizdagi kuchlanishning
changyutgich tag qismidagi yorliqda ko'rsatilgan kuchlanish bilan
bir xil ekaniga ishonch hosil qiling.

• OGOHLANTIRISH : Gilam yoki pol ho'l bo'lgan hollarda

changyutgichdan foydalanmang. Suvni
so'rib olish uchun foydalanmang.

• Har qanday qurilmadan bolalar yoki ular yaqinida foydalanilgan

hollarda qattiq nazorat talab qilinadi. Changyutgichdan
o'yinchoq sifatida foydalanilishiga yo'l qo'ymang. Hech
qachon changyutgich nazoratsiz qoldirilishiga yo'l qo'ymang.
Changyutgichdan faqat ushbu ko'rsatmalarda bayon qilingan
maqsadlarda foydalaning.

• Changyutgichdan chang konteynerisiz foydalanmang.

Eng yaxshi samaradorlikka erishish uchun chang konteynerini u
to'lib ketishidan avval bo'shating.

• Changyutgichdan gugurt donalari, o'chmagan kul yoki sigaret

qoldiqlarini yig'ishtirish uchun foydalanmang. Changyutgichni
pechlar va boshqa issiqlik manbalaridan uzoqroqda saqlang.
Issiqlik qurilmaning plastik qismlarini deformatsiyalashi va
rangining o'chishiga olib kelishi mumkin.

• Changyutgich bilan qattiq, o'tkir jismlarni yig'ishtirmang, chunki

ular changyutgich qismlarini shikastlashi mumkin.
Yig'ilgan shlanglarni bosmang. Shlanglar ustiga buyumlar
qo'ymang.
Havo so'rish yoki chiqarish portlarini to'sib qo'ymang.

• Elektr tarmog'i rozetkasidan uzishdan avval changyutgichni

korpusdagi qo'shgichdan o'chiring. Chang konteynerini
bo'shatishdan avval elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini
rozetkadan uzing. Shikastlanishning oldini olish uchun
rozetkadan uzganda kabeldan emas, vilkaning o'zidan ushlagan
holda torting.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: