Инструкция по эксплуатации LG 55LB860V

Страница 176

Advertising
background image

8

O’ZBEKIST

ON

8

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KORSATMALAR

y

Mahsulotning haddan ziyod qizib ketishini oldini olish uchun quyidagi

o’rnatish bo’yicha ko’rsatmalarga amal qiling.

- Mahsulot va devor orasidagi masofa kamida 10 sm bo’lishi kerak.

- Mahsulotni havo aylanmasi yo’q joylarga (masalan, kitob javoni yoki

devoriy shkafga) o’rnatmang.

- Mahsulotni gilam yoki divan yostig’iga o’rnatmang.

- Havo aylanish tirqishining dasturxon yoki parda bilan to’silib qolmaganli-

Havo aylanish tirqishining dasturxon yoki parda bilan to’silib qolmaganli-

giga ishonch hosil qiling.

Aks holda bu yong’in chiqishiga olib kelishi mumkin.

y

Uzoq vaqt davomida televizor ko’rish vaqtida havo aylanish tirqishlariga

tegib ketmaslikka e’tibor bering, chunki havo aylanish tirqishlari issiq bo’lishi

mumkin. Bu mahsulotning ishlashi yoki ishlash samaradorligiga ta’sir

ko’rsatmaydi.

y

Qurilma shnurini vaqti-vaqti bilan tekshirib boring va agar unda nosozlik yoki eskilik alomatlari paydo

bo’lsa, uni rozetkadan uzing, qurilmadan foydalanishni to’xtating va vakolatli texnik xodim yordamida

shnurni xuddi shunday yangi shnur bilan almashtiring.

y

Vilka kontaktlari yoki rozetkada chang to’planishiga yo’l qo’ymang.

Bu yong’in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

y

Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka qisib qo’yish yoki

ustidan yurish kabi jismoniy yoki mexanik ta’sirlardan himoya qiling. Vilkalar,

rozetkalar va qurilmaga shnur ulangan nuqtalarga alohida e’tibor bering.

y

Panelni qo’l yoki tirnoq, qalam yoki ruchka kabi o’tkir narsalar bilan qattiq

bosmang yoki uning ustini tirnamang, chunki bu ekranning zarar yetishiga

olib kelishi mumkin.

y

Uzoq vaqt davomida ekranga tegib turish yoki barmog’(lar)ingizni uning ustiga

qo’yib turishdan saqalning. Bunday qilish ekranning vaqtinchalik yoki butunlay

buzilishiga yoki tasvirlarni noto’g’ri namoyishiga olib kelishi mumkin.

y

Mahsulot yoki uning qismlarini tozalaganda avval uni elektr tarmog’idan uzing

va yumshoq latta bilan arting. Ortiqcha kuch ishlatish tirnalishlarning hosil

bo’lishi yoki rasl rangini yo’qotishiga olib kelishi mumkin. Suv bilan tozalamang

yoki ho’l latta bilan artmang. Hech qachon oyna tozalovchilar, avtomobillar uc-

hun yoki sanoatda qo’llaniladigan yaltiratuvchilar, abraziv materiallar yoki mum,

yoqilg’i, spirt kabilardan foydalanmang, bular mahsulot va uning panelliga zarar

yetkazishi mumkin.

Aks holda bu yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki mahsulotga zarar yetishi

(deformatsiyalanishi, chirishi yoki buzilishi) sabab bo’lishi mumkin.

y

Ushbu qurilma devordagi o’zgaruvchan tok rozetkasiga ulangan holda bo’lar ekan, hattoki siz ushbu

qurilmani yoqqich/o’chirgichdan o’chirganingizda ham u quvvat manbaidan uzilmaydi.

y

Kabelni rozetkadan uzishda vilkani ushlang va vilkadan tortgan holda uni

rozetkadan sug’irib oling. Quvvat manbaiga ulash shnurini rozetkadan uzish

uchun shnurdan tortmang, chunki bu xavfli bo’lishi mumkin.

y

Mahsulotni siljitishda avval uning o’chirilganligiga ishonch hosil qiling. Keyin

elektr tarmog’iga ulash kabellari, antenna kabellari va barcha ulovchi kabellarni

uzing.

Televizor yoki quvvat manbaiga ulash shnuriga zarar yetishi mumkin, bu esa

yong’in chiqishi xavfini vujudga keltirishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi

mumkin.

Advertising