Xavfsizlik texnikasi bo’yicha korsatmalar – Инструкция по эксплуатации LG 55LB860V

Страница 172

Advertising
background image

4

O’ZBEKIST

ON

4

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KORSATMALAR

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KORSATMALAR

Iltimos, mahsulotdan foydalanishdan avval ushbu xavfsizlik ehtiyot choralarini diqqat bilan o’qib chiqing.

diqqat

y

Televizor va/yoki masofadan boshqarish pultini quyidagi joylamuhitlarda

qoldirmang:

- To’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari tushadigan joyda

- Namlik yuqori bo’lgan joylar, masalan, hammomda

- Issiqlik manbalari, masalan, pechlar va boshqa issiqlik hosil qiluvchi

qurilmalar yaqinida

- Oshxona pechtaxtalari yoki namlantirgichlar yaqiniga, bu yerda ular

osongina bug’ yoki moy ta’sirida qolishlari mumkin

- Yomg’ir yoki shamol mavjud joylarda

- Vaza singari suv idishlari yaqinida

Aks holda bu yong’in, elektr toki urishi, texnik nosozlik yoki mahsulot defor-

matsiyasiga olib kelishi mumkin.

y

Mahsulotni changlar ta’siriga uchrashi mumkin bo’lgan joylarga qo’ymang.

Bu yong’in xavfini keltirib chiqarishi mumkin

y

Elektr tarmog’iga ulash shnuri vilkasi bu televizorni o’zgaruvchan tok

tarmog’iga ulovchi/tarmog’idan uzuvchi qurilmadir. Televizor foydalanishda

bo’lgan vaqtda ushbu vilka mustahkam ulangan va ishlaydigan holatda

bo’lishi kerak.

y

Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo’llaringiz bilan tegmang.

Bundan tashqari, agar kabel kontaktlari ho’l yoki chang bilan qo-

plangan bo’lsa, vilkani to’liq quriting yoki changlarni artib tashlang.

Ortiqcha namlik tufayli sizni elektr toki urishi mumkin.

y

Elektr tarmog’iga ulash kabelining yerga mahkamlangan mos rozetkaga

ulanganligiga ishonch hosil qiling. (Yerga mahkamlash talb qilinmaydigan

qurilmalardan tashqari.) Aks holda sizni elektr toki urishi yoki shikastlan-

ishingiz xavfi mavjud bo’ladi.

y

Elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini devordagi rozetkaga to’liq kiriting,

aks holda rozetkaga mustahkam biriktirilmagan hollarda yong’in uchqunlari

chiqishi mumkin.

y

Quvvat manbaiga ulash shnurining isitgich kabi issiq buyumlarga tegib

turmaganligiga ishonch hosil qiling.

Bu yong’in yoki elektr toki urishi xavfinikeltirib chiqarishi mumkin.

y

Elektr manbaiga ulash kabellarining ustiga og’ir jismlarni yoki mahsulotning

o’zini qo’ymang.

Aks holda bu yong’in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Advertising