Ўзбек – Инструкция по эксплуатации Vitek VT-1681

Страница 80

Advertising
background image

80

Mumlangan qog’oz

Yog’ning sachrab ketishining oldini olish uchun, shuningdek namlikni
saqlab qolish uchun foydalaning.

Mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun yaroqsiz bo’lgan materiallar va idishlar

Alyuminiyli patnislar

Uchqunlab ketishiga olib kelishi mumkin.
Mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun maxsus mo’ljallangan
idishlardan foydalaning.

Metall dastali karton
piyola

Uchqunlab ketishiga olib kelishi mumkin.
Mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun maxsus mo’ljallangan
idishlardan foydalaning.

Metall idishlar yoki metall
halqali idishlar

Metall mikroto’lqinlarning energiyasini ekranlashtiradi. Metall halqa
uchqunlab ketishiga olib kelishi mumkin.

Metall simlar

Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash/isitish paytida uchqunlab
ketishiga, shuningdek o’ramning yonib ketishiga olib kelishi
mumkin.

Qog’oz paketlar

Mikroto’lqinli pechda yonib ketishiga olib kelishi mumkin.

Sovun

Sovun erib ketishi va mikroto’lqinli pechning ish kamerasining
ifl oslanishiga olib kelishi mumkin.

Yog’och

Yog’och idishlar qurib ketshi, darz ketishi va yonib ketishi mumkin.

Ta’rifi
1. Bloklash tizimi bo’lgan qulfl ar
2. Ko’rish oynasi
3. SVCh-to’lqinlarning chiqishi
4. Shisha taglikning tayanchi
5. Rolikli halqa
6. Shisha taglik
7. Boshqarish paneli Grilning isitish elementi
8. Grilning panjarasi. Faqat «Gril» rejimida ishlatiladi.

BOSHQARISH PANELI
1 – displey
2 – «Vazniga/vaqtiga ko’ra eritish» tugmasi
3 – «Soat/O’rnatish» tugmasi
4 – «Taymer/Vazni/Avto-menyu» dastasi
5 – «Start/+30 sek/Tasdiqlash» tugmasi
6 – «Stop/ Bekor qilish» tugmasi
7 – «Mikroto’lqinlar/Gril/Kombi» tugmasi

Mikroto’lqinli pechni yig’ish
Pechning ish kamerasidan o’ram materiallarini va aksessuarlarni olib tashlang.
Mikroto’lqinli pechni deformatsiyalar mavjudligi jihatidan ko’rib chiqing. Pech eshigining soz
ekanligiga alohida e’tibor bering. Nosozlikni aniqlasangiz, mikroto’lqinli pechni o’rnatmang
va yoqmang.

Himoya qoplami: Korpus: agar korpusda himoya qoplami bo’lsa, uni olib tashlang. Ish
kamerasiinng ichidagi och kul rang slyuda plastinasini olib tashlamang, u magnetronni
himoya qilish uchun xizmat qiladi.

ЎЗБЕК

1681.indd 80

1681.indd 80

09.04.2010 15:14:36

09.04.2010 15:14:36

Advertising