Tekshirish nuqtalari, Tekshirish nuqtalari 36 – Инструкция по эксплуатации Samsung WF90F5E5U4W

Страница 172

Advertising
background image

O’zbek - 36

Nosozliklarni qidirish va bartaraf qilish hamda axborot
kodlari

Tekshirish nuqtalari

Agar sizda kir yuvish mashinasi bilan bog'liq muammolar vujudga kelsa, eng avvalo quyidagi jadvalga qarang va tavsiyalarni sinab ko'ring.

MUAMMO

AMAL

Ishga tushmayapti.

Mashinani ishga tushirish uchun Boshlash/Pauza tugmasini bosing.

Eshikning to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling.

Suv kranlari ochilganligiga ishonch hosil qiling.

Mashinani ishga tushirish uchun Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

Bolalardan qulflash yoqilmaganiga amin bo‘ling.

Suvga to‘lishidan oldin mashina eshik qulfini tekshirish uchun chiqillaydi va suvlarni tezda
chiqarib tashlaydi.

Saqlagichni tekshiring yoki avtomatni qayta yoqing.

Suv ta'minoti yetarli emas yoki
suv ta'minoti mavjud emas.

Suv kranini to‘liq oching.

Eshikning to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling.

Suv quyish shlangining muzlamaganligiga ishonch hosil qiling.

Suv quyish shlangining bukilganligi yoki to'lib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Suv bosimi yetarli ekanligiga ishonch hosil qiling.

Sikldan so‘ng kir yuvish vositasi
tortmasida vosita qolmoqda.

Kir yuvish mashinasi yetarli suv bosimi bilan ishlayotganiga ishonch hosil qiling.

Kir yuvish vositasi tortmaning markaziga solinganligiga ishonch hosil qiling.

Vosita qopqog‘i to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsin.

Donador yuvish vositasi ishlatsangiz, vositani tanlagich yuqoridagi holatda tursin.

Vosita qopqog‘ini olib, tortmani tozalang.

Ortiqcha tebranish yoki shovqin
bor.

Kir yuvish mashinasi tekis, qattiq va sirpanchiq bo‘lmagan polda o‘rnatilgan bo‘lsin. Pol tekis
bo'lmasa, mashina balandligini sozlash uchun tekislash oyoqchalaridan foydalaning.

Tashishda ishlatiladigan boltlar olib tashlangan bo‘lsin.

Kir yuvish mashinasi boshqa narsalarga tegib turmaganligiga ishonch hosil qiling.

Kir yuklanishining tekis taqsimlanganligiga ishonch hosil qiling.

Normal ishlash mobaynida motordan shovqin chiqishi mumkin.

Maxsus ish kiyimlari yoki metal bezakli kiyimlarni yuvayotganda, shovqin chiqishi mumkin.
Bu oddiy holdir.

Tanga singari metall obyektlar shovqin chiqarishi mumkin. Yuvib bo‘lgach, bu obyektlarni
baraban yoki filtr korpusidan olib tashlang.

Suvni chiqarib tashlamayapti va/
yoki aylantirmayapti.

Suv chiqarish shlangining suv chiqarish tizimigacha tekislanganligiga ishonch hosil qiling.
Oqava ketmayotgan bo‘lsa, texnik xizmatni chaqiring.

Chiqindi filtrining to'lib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Eshigini yopib, Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing. Sizning xavfsizligingizni ta’minlash
maqsadida, mashina eshigi yopilmagunicha u aylanishni boshlamaydi.

Oqava shlangi muzlab yoki tiqilib qolmagan bo‘lsin.

Oqava shlangi tiqilib qolmagan, oqava tizimiga ulangan bo‘lsin.

Kir yuvish mashinasiga yetarlicha tok kelmasa, u vaqtinchalik suvni chiqarib tashlamaydi yoki
aylantirmaydi. Mashinaga yetarli tok kelishi bilan odatdagidek ishlay boshlaydi.

F500E-03367T-00_UZ.indd 36

6/23/2016 2:12:31 PM

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: