Texnika xavfsizligi bo'yicha muhim choralar, Texnika xavfsizligi bo'yicha muhim choralar 5 – Инструкция по эксплуатации Samsung WF90F5E5U4W
Страница 141
O’zbek - 5
01
X
AVFSIZLIKK
A OID M
A’L
UMO
TL
AR
Texnika xavfsizligi bo'yicha muhim choralar
OGOHLANTIRISH: Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir yuvish
mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:
1. Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar
shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan ko'rsatmalar
berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki
bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin
emas.
2. Yevropada foydalanish uchun: Agar ular nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga ushbu
mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar berilsa va ular bo'lishi
mumkin bo'lgan xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan
katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi
yetarli bo'lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir yuvish
mashinasi bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish nazoratsiz
tarzda bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.
3. Ularning mashina bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun bolalarni kuzatib
turing.
4. Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarlarning oldini olish uchun
u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak.
5. Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to'plamidan foydalanilishi va eski
shlanglar to'plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.
6. Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo'lgan qurilmalarda gilam ushbu
tirqishlarni to'sib qo'ymasligi kerak.
7. Yevropada foydalanish uchun: Uzluksiz nazorat ostida bo‘lmasa, 3 yoshdan kichik
bolalarni yaqinlashtirmang.
8. DIQQAT: Issiqlik o'chirgichining tasodifiy qayta o'rnatilishi tufayli yetadigan
zararlarning oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi o'chirib-yoqish qurimasi
orqali elektr toki bilan ta'minlanmasligi yoki xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan
muntazam ravishda o'chirib-yoqiluvchi zanjirga ulanmasligi kerak.
F500E-03367T-00_UZ.indd 5
6/23/2016 2:12:19 PM