Kir yuvish mashinasini o‘rnatish, Kir yuvish mashinasini o‘rnatish 14, Qadam - tashish boltlarini bo'shatib olish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF90F5E5U4W

Страница 150

Advertising
background image

O’zbek - 14

Kir yuvish mashinasini o‘rnatish

DIQQAT: O‘rnatish tugamasidan turib rozetkaga ulamang.

OGOHLANTIRISH: Qadoqlash materiallari bolalar uchun xavfli bo‘lishi mumkin; barcha qadoqlash materiallarini (plastik paketlar,
penoplast va hokazo) bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.

1-QADAM - Kir yuvish mashinasini o'rnatish joyini tanlash

Kir yuvish mashinasini o'rnatishdan avval o'rnatiladigan joyning quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling:

Gilam qoplama yoki havo almashishiga to'sqinlik qilishi mumkin qoplamaga ega bo'lmagan qattiq, tekis sirtning mavjudligi

To'g'ridan-to'g'ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalanganligi

Yetarli darajadagi havo almashishiga egaligi

Xonadagi haroratning 0 ˚C dan past bo'lmasligi

Moyli yoki gaz isitgichlar kabi issiqlik manbalaridan uzoqda joylashganligi

Elektr manbaiga ulash kabeli kir yuvish mashinasining tagidan o'tmasligi uchun yetarli darajadagi joyning mavjudligi

2-QADAM - Tashish boltlarini bo'shatib olish

Kir yuvish mashinasini o'rnatishdan avval kir yuvish mashinasining orqa devoridagi beshta tashish boltlarni bo'shatib olish kerak.

1. Gayka klyuchi yordamida barcha boltlarni bo'shating.

(*): Ixtiyoriy

2. Tashish boltini qo'llaringiz bilan ushlang va tirqishning keng qismi orqali chiqarib oling.

Bu harakatlarni har bir tashish bolti uchun takrorlang.

3. Tirqishlarni birga beriladigan plastmassa qopqoqlar bilan berkiting.
4. Barcha tashish boltlarini xavfsiz joyga qo'ying, chunki ular kir yuvish mashinasini

kelajakda tashishda kerak bo'lishi mumkin.

F500E-03367T-00_UZ.indd 14

6/23/2016 2:12:22 PM

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: