Инструкция по эксплуатации Samsung GE712MR-S

Страница 84

Advertising
background image

18

O'ZBEKCHA

GRIL

Grilning qizdiruvchi elementlari pech ichki kamerasining shipi ostida joylashgan.

Ular faqat pech eshikchasi yopilgan, patnis esa aylanayotgandagina ishlaydi.

Patnisning aylanishi taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi. Agar gril

avvaldan 2-3 daqiqa qizdirib olinsa, tayyorlanayotgan taom tezroq qizaradi.
Gril rejimi uchun oxshona anjomlari: Tarkibida metall mavjud bo'lishi mumkin

bo'lgan issiqqa chidamli idishdan foydalanish kerak. Plastmassa idishdan

foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar: Ezilgan go'shtlar,

sardelkalar, bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo'laklari va son go'shtlari,

baliqning yupqa bo'laklari, sendvichlar va tostlardagi gazaklarning barcha turlari.
Muhim izoh: Agar faqat gril rejimidan foydalanilsa, grilning qizdiruvchi elementi

orqa devorda vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida

gorizontal holatda turganligiga ishonch hosil qiling. Agar ko'rsatmalarda

boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish

kerakligini yodda tuting.

MIKROTO'LQIN + GRIL

Bu rejim o'zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto'lqinlar bilan ta'minlanuvchi

tayyorlash tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis

aylanayotgan vaqtdagina ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning tekisroq

qizartirilishini ta'minlaydi. Pechning bu modelida tayyorlashning uch xil birlashgan

rejimi mavjud: 600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 300 Vt + Gril.
Mikroto'lqin + gril rejimi uchun oxshona anjomlari: Mikroto'lqinlarni

o'tkazuvchi oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa chidamli

bo'lishi kerak. Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo'lgan oshxona

anjomlaridan foydalanmang. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib

ketishi mumkin.
Mikroto'lqin + gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar: Birlashgan

rejimda tayyorlash mumkin bo'lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak bo'lgan

(masalan, pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun

ozgina tayyorlash vaqti talab qilinadigan mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan

yana tepasida tillarang qarsillovchi qatlam hosil bo'lsa, mazaliroq bo'ladigan

taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash vaqtining yarmi o'tishi bilan

ag'dariladi) qalin porsiyalarini tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin. Ko'proq

ma'lumotlar olish uchun grildan foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh: Bigalikdagi (mikroto'lqin + gril) rejimidan foydalanganda grilning

qizdiruvchi elementi orqa devorda vertikal holatda emas, balki pechning

yuqori gumbazi ostida gorizontal holatda turganligiga ishonch hosil qiling.

Agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori

polkaga joylashtirish mumikin. Boshqa hollarda uni bevosita aylanuvchi patnisga

joylashtirish kerak. Quyidagi jadvaldagi ko'rsatmalarga qarang. Agar mahsulotni
har ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish kerak.

Grilda tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Taomni pishirishdan oldin pechni gril rejimida 2-3 daqiqa yoqib qo'ygan

holda isitgichni avvaldan qizdiring. Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari

va vaqt oraliqlaridan grildan foydalanib tayyorlash uchun qo'llanma sifatida

foydalaning. Taomni qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling.

Yangi

mahsulotlar

Porsiya

Dastlabki

isitish vaqti

(daq.)

Tayyorlash

rejimi

1

-

tomon

uchun sarf.

vaqti (daq.)

2

-

tomon

uchun sarf.

vaqti (daq.)

Tost

bo'laklari

4 dona

(4 x 25 g)

3

Faqat gril

6-7

5-6

Ko'rsatmalar

Tostlarni yonma-yon panjara ustiga qo'ying.

Bulochkalar

(yangi

pishirilgan)

2-4 dona

3

Faqat gril

3-4

2-3

Ko'rsatmalar

Bulochkalarni panjara ustiga aylana shaklida avval tagini yuqoriga qaratib

joylashtiring.

Tomat-gril

250 g

(2 dona)

3

300 Vt +

Gril

5½ -6½

-

Ko'rsatmalar

Pomidorlarni teng ikkiga bo'ling. Ustiga tuz, murch va ozgina pishloq qo'ying.

Ularni issiqqa chidamli shishadan yasalgan tekis idishga aylana shaklida

joylashtiring. Idishni panjaraga qo'ying.

Gavaycha

tost

2 dona

(300 g)

3

300 Vt +

Gril

7-9

-

Ko'rsatmalar

Avval non bo'laklarini qovuring. Nonga ingredientlarni (vetchina, ananas,

pishloq bo'laklari) qo'ying va tostni panjaraga yonma-yon joylashtiring.

Tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.

Tovuq

qanotchalari

(sovutilgan)

400-500 g

(6 dona)

3

300 Vt +

Gril

12-14

11-13

Ko'rsatmalar

Muzlatgichdan olingan sovutilgan tovuq bo'laklari, masalan, qanotchalari yoki

oyoqchalarini yog' bilan yog'lang va ziravorlar seping. Ularni suyaklari o'rtaga

qilib panjaraga aylana shaklda joylashtiring. Grilda tayyorlagandan keyin 2-3

daqiqa kuting.

GE712MR_BWT_DE68-04090A-03_UZ.indd 18

2013-11-28 �� 4:31:01

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: