Инструкция по эксплуатации Samsung GE712MR-S

Страница 74

Advertising
background image

8

O'ZBEKCHA

MIKROTO'LQINLI PECHNI O'RNATISH

Pechni poldan taxminan 85 sm balandlikda yassi tekis yuzaga o'rnating.

Yuza pechning og'irligini xavfsiz darajada ko'tarishi uchun yetarlicha

mustahkam bo'lishi kerak.
1. Pechni o'rnatish paytida, pechning orqa va yon

devorlari uchun kamida 10 sm (4 dyuym), ustki

qopqog'i uchun 20 sm (8 dyuym) joy qoldirish bilan

pech uchun normal ventilyatsiya borligiga ishonch

hosil qiling.

2. Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni

chiqarib oling.

Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o'rnating.

Patnis erkin aylanayotganligini tekshiring.

3. Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish

mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.

Agar elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki ishlab

chiqaruvchi, yoki uning xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli agentidan

xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga ulanish to'plamiga

almashtirish zarur.

Xavfsizlikni ta'minlash uchun elektr kabeli vilkasini 230 V, 50 Gts

bo'lgan o'zgaruvchan tok tarmog'ining yerga tutashtirilgan 3 kontaktli

rozetkasiga ulang. Agar ushbu qurilmaning elektr kabeli shikastlangan

bo'lsa, uni maxsus kabel bilan almashtirish zarur.

Mikroto'lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan, oddiy oshxona

plitasi yoki isitish radiatori yoniga o'rnatmang. Pech iste'mol qiladigan

quvvatni inobatga olish zarur va har qanday uzaytirgich pech bilan

birga yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi shu standartiga mos

kelishi kerak. Mikroto'lqinli pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning ichki

yuzasini va eshikchaning zichlagichini nam latta bilan arting.

NIMADANDIR SHUBHALANSANGIZ YOKI MUAMMO

TUG'ILSA, NIMA QILISH KERAK

Agar sizda quyida keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan

hal qilishga harakat qiling.
Bu oddiy holat.

Pech ichida namlikning kondensatsiyalanishi.

• Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi.

• Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug'lik shu'lalari.

• Eshikcha perimetri bo'ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan bug'.
TAYMER dastasi buralganda pech ishga tuhsmayapti.

Eshikcha to'liq yopilganmi?
Taom umuman tayyorlanmayapti.

Taymerni to'g'ri o'rnatdingizmi?

• Eshikcha yopilganmi?

• Elektr tarmog'idagi yuklamani oshirib yubormadingizmi va eruvchan saqlagichning

kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga sabab bo'lmadingizmi?

Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.

Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to'g'ri tanlanganmi?

• Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?
Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr yoyi) kuzatilmoqda.

Metall bezagi bor idishdan foydalanmayapsizmi?

• Pechda vilka yoki boshqa metall buyumlarni qoldirmaganmisiz?

• Alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turmaganmi?
Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.

Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi

mumkin. Bu oddiy holat. Bu muammoni hal qilish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki

antennalardan uzoqroqda o'rnating.

Chiroq ishlamayapti.

Xavfsizlik choralari uchun chiroqni o'zingiz almashtirmasligingiz kerak. Iltimos, chiroqni

malakali muhandis almashtirishini kelishtirish uchun eng yaqin joylashgan vakolatli

Samsung-ning mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Dastlabki ishlatishda tutun va yomon hid chiqishi.

Bu yangi isitish qismlari tomonidan vaqtinchalik holatdir. 10 daqiqa ishlatilgandan so'ng

tutun va hid butunlay yo'qoladi. Hidni tezroq yo'q qilish uchun mikroto'lqinli pechni taom

qo'yish bo'lmasiga limon yoki limon sharbati qo'ygan holda ishlating.

Agar yuqoridagi ko'rsatmalar yordamida muammoni hal qilib bo'lmasa, o'zingizning

mahalliy dileringizga yoki SAMSUNG kompaniyasining mijozlarga xizmat ko'rsatish

bo'yicha mahalliy markaziga murojaat qiling.

orqadan

10 sm

yuqoridan

20 sm

yon tomondan

10 sm

poldan

85 sm

GE712MR_BWT_DE68-04090A-03_UZ.indd 8

2013-11-28 �� 4:30:58

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: