Xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar, Ogohlantirish – Инструкция по эксплуатации Samsung GE712MR-S
Страница 71
5
O'ZBEKCHA
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-joylar maqsadlarida foydalaniluvchi binolarni
ta'minlovchi past kuchlanishga ega bo'lgan tarmoqqa to'g'ridan-to'g'ri ulangan binolarda
foydalanish uchun mo'ljallangan.
Agar moslamaning buzilishi va/yoki aksessuarning buzilishi yoki talafoti mijoz tomonidan
qilingan bo'lsa, Samsung aksessuarni almashtirish yoki kosmetik defektni tuzatish uchun
tuzatish to'lovini undirishi mumkin. Ushbu talablar qoplaydigan elementlarga quyidagilar kiradi:
(a)
Ezilgan, tirnalgan yoki buzilgan eshik, ruchka, old panel yoki boshqaruv paneli.
(b)
Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
Ushbu xavfsizlik ko'rsatmalariga xar doim amal qilinishiga ishonch hosil qiling.
OGOHLANTIRISH
Mikroto'lqinli pechni har qanday o'zgartirish yoki ta'mirlash ishlari faqat
malakali mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.
Suyuqliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini germetik yopilgan
konteynerlarda mikroto'lqin funksiyasida isitmang.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv oqimi
yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan tozalamang.
Qurilmani issiqlik manbalari, tez yonuvchan materiallarga yaqin joylar,
namlik, yog'li yoki changlanganlik darajasi yuqori bo'lgan xonalar,
to'g'ridan-to'g'ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv ta'siri ostidagi joylar
hamda maishiy gaz chiqib ketishi mumkin bo'lgan joylar va notekis
sirtlarga o'rnatmang.
Qurilmani mahalliy va davlat talablariga muvofiq yerga to'g'ri ulash kerak.
Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr manbaiga
ulash kabelining vilkasi va aloqa joylarini muntazam ravishda quruq latta
bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning ustiga og'ir
buyumlarni qo'ymang.
Gaz (propan, siqilgan gaz va boshqalar kabi) chiqish holatlari yuz
berganda darxol xonani shamollating va elektr manbaiga ulash kabeliga
tegmang.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho'l qo'llaringiz bilan tegmang.
Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini
rozetkadan uzmang.
Qurilmaga barmoqlaringiz va begon buyumlarni qo'ymang. Agar qurilma
ichiga suv yoki boshqa begona modda kirib qolgan bo'lsa, elektr
manbaiga ulash kabelini uzing va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat
ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilmaga ortiqcha jismoniy bosim ko'rsatmang yoki urmang.
Pechni sinuvchan buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki shisha
buyumlar ustiga qo'ymang. (Faqat pechtaxtaning sara modeli)
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt, bug'tozalagich yoki
yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Elektr tarmog'idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining qurilmaning
texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkaga mahkam tiqing.
Bir nechta vilkalarga ega bo'lgan perexodnik, uzaytirgich yoki
transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang, uni buyumlar
orasiga qo'ymang va pechning orqasi orqali o'tkazmang.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr manbaiga
ulash kabelidan foydalanmang. Vilka yoki elektr manbaiga ulash kabeli
shikastlangan hollarda o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
Ushbu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish pulti
yordamida ishlatish uchun mo'ljallanmagan.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pechga, uning ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni qo'ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni sepmang.
Bolalarning ushbu qurilma bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil qilish
uchun ular nazorat ostida bo'lishlari kerak
Ushbu qurilma treyler, furgon va shunga o'xshash transport vositalariga
o'rnatish uchun mo'ljallanmagan.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida spirt bo'lgan
taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling, chunki spirt
bug'lari pechning isitilgan qismariga tegib ketishi mumkin.
Mikroto'lqinli pech pechtaxtada yoki pechtaxta ustida foydalanish
uchun mo'ljallangan, pech shkaf ichiga o'rnatilmasligi kerak. (Faqat
pechtaxtaning sara modeli)
GE712MR_BWT_DE68-04090A-03_UZ.indd 5
2013-11-28 �� 4:30:55