Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW
Страница 209
O'zbek 41
Qarov
Nasos filtri
Nasos filtri tiqilib qolmasligi uchun uni yiliga 5 yoki 6 marta tozalash tavsiya qilinadi. Tiqilib qolgan nasos filtri ko‘pik samarasini
pasaytirishi mumkin.
1. Kir yuvish mashinasini o‘chiring va vilkani rozetkadan
chiqaring.
2. Baraban ichida qolgan suvni chiqarib tashlang.
“Favqulodda suvni chiqarish” bo‘limini ko‘ring.
3. Tanga yoki boshqa yupqa metall buyum bilan filtr
qopqog’ini oching.
4. Nasos filtri dastagini chapga burang va qolgan suvni
chiqarib yuboring.
5. Nasos filtrini yumshoq cho‘tka bilan tozalang. Filtr
ichidagi oqava nasosi parragining tiqilib qolmaganligiga
ishonch hosil qiling.
6. Nasos filtrini joyiga qaytarib soling va filtr dastagini
o‘ngga burang.
IZOH
• Ayrim nasos filtrlarida bolalardan himoya maqsadida
xavfsizlik dastagi bor bo‘ladi. Nasos filtrining xavfsizlik
dastagini ochish uchun uni ichkariga itarib, soat miliga
teskari yo‘nalishda burang. Xavfsizlik dastagininig
prujinali mexanizmi filtrni ochishda yordam beradi.
• Nasos filtrining xavfsizlik dastagini yopish uchun soat
mili yo‘nalishida burang. Prujina tirqillagan tovush
chiqaradi, bu oddiy holdir.
IZOH
Agar nasos filtri tiqilib qolgan bo‘lsa, ekranda “5C” axborot kodi paydo bo‘ladi.
DIQQAT
• Filtrni tozalagandan keyin filtr dastagining to‘g‘ri yopilganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda, bu suvning oqib ketishiga
olib kelishi mumkin.
• Tozalagandan keyin filtrning to‘g‘ri solinganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda, bu ishlash xatoligi yoki suvning oqib
ketishiga olib kelishi mumkin.
WW6000J-03580U-00_UZ.indd 41
6/22/2016 7:42:27 PM